‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Bilimingizni sinab k o ‘ring
1. Davlat pensiyasi olishga bo'lgan huquq va uni amalga oshirish 
nimani anglatadi?
2. Davlat pensiyasi qaysi davlat organlari tomonidan tayinlanadi?
3. Pensiya tayinlashni so'rab murojaat qilish huquqi qachon paydo 
bo'ladi?
4. Pensiya tayinlash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?
5. Ishlayotgan fuqarolarga pensiya tayinlash haqidagi hujjatlar kim 
tomonidan tayyorlanadi va topshiriladi?
6. Qanday hollarda pensiya tayinlash haqidagi ariza rad etilishi 
mumkin?
7. Pensiya tayinlash uchun berilgan ariza va hujjatlami ko'rib chiqish 
va qaror qabul qilish muddatlari qanday belgilangan?
www.ziyouz.com kutubxonasi


X BO B.
PENSIYALARNI H ISO BLASH NING
U M U M IY QOIDALARI
10 .1 . Pensiyalarni hisoblab chiqarishning
umumiy talablari
Pensiyalar m iqdorini hisoblab chiqarish paytida ish haqi 
miqdori va mehnat staji hajmi muhim o ‘rin tutadi.
„Fuqarolaming davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonun- 
ning 25-m oddasiga k o 'ra pensiyalarning qat'iy m iqdori uch 
tarkibiy qismga bo‘linadi:
a) pensiyaning tayanch miqdori;
b) mehnat staji uchun pensiyaning oshirilishi;
d) pensiyaga qo'shiladigan ustama haqlardan tashkil topadi.
Ushbu uch tarkibiy qismning aniqlanishi turli pensiya tur- 
larida birm uncha o ‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, ularni 
hisoblab chiqarilishida ular asos qilib olinadi.
Pensiyaning tayanch miqdori:
a) yoshga doir to ‘liq pensiya uchun — pensiyani hisoblab 
chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o'rtacha oylik 
ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan eng kam oylik 
ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va TI guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — 
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish 
haqining 55 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 
foizi miqdorida;
d) oilaning m ehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquv- 
chisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chi- 
qarish natijasida olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, 
lekin eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizi miqdorida;
e) ota-onasidan judo bo ‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki 
vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquv- 
chisini y o 'q o tg an lik pensiyasi uch u n — pensiyani hisoblab 
chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi, 
lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida.
Ish staji uchun pensiyaning oshirilishi. To‘liq pensiya tayin- 
lashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to ‘liq 
yili u c h u n p en siy alarn in g tay an ch m iq d o rlari qu y id ag ich a 
oshiriladi:
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish 
uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o ‘rtacha oylik ish ha- 
qining 1 foizi miqdorida;
b) 1 va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pen- 
siyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o 'rtach a oylik ish 
haqining 1 foizi miqdorida;
g) 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga 
qobiliyatsiz har bir a'zosi uchun — boquvchining o‘rtacha oylik 
ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
Ota-onasidan judo bo'lgan (chin yetim) bolalarga tayinlana- 
digan boquvchisini yo'qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona 
ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik 
ish haqining sakkiz hissa miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Yoshga doir pensiyalaming va I hamda II guruh nogironlariga 
belgilanadigan nogironlik pensiyalarining miqdori — pensiyani 
hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining 75 foizidan 
iborat bo'ladi.
Pensiya miqdorini hisoblashdagi uchinchi tarkibiy qism — 
pensiyalarga qo ‘shiladigan ustama haqlardir.
„Fuqarolaming davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida“gi qonun- 
ning 28-m oddasiga ko‘ra: „H isoblab chiqarilgan pensiyalarga 
ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqi- 
ning 150 foizi;
b) II guruh urush n o g ironlariga — eng kam oylik ish 
haqining 125 foizi;
d) III guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish 
haqining 75 foizi;
e) ko‘zi ojiz I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish 
haqining 100 foizi;
0 I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 
foizi;
g) II gumh yolg'iz nogironlarga — eng kam oylik ish ha- 
qining 50 foizi;
h) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxs- 
laiga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
i) Ikkinchi Jahon umshi yillarida mamlakat ichkarisida ishla- 
gan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — eng kam oylik 
ish haqining 30 foizi;
88
www.ziyouz.com kutubxonasi


j) harbiy xizm at yoki ichki ishlar organlaridagi xizm at 
majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo'lgan harbiy xizmat- 
ch ilarn in g ham da ichki ishlar organlari xodim larining ota- 
onalariga va yangi nikohdan o'tm agan beva xotinlariga (beva 
erlariga) — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
k) 0 ‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo ‘lgan 
shaxslarga xizmatlariga qarab — eng kam oylik ish haqining 100 
foizidan 150 foizigacha;
l
) yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga 
ega bo‘lgan artistlarga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga
te atr va musiqa san 'ati ijodiy xodim lari tayyorlovchi o ‘quv 
muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, 
Vazirlar M ahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — eng kam 
oylik ish haqining 50 foizi.
Ish staji to ‘liq b o ‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga 
mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to ‘liq bo ‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
— yoshga doir pensiyalar uchun — eng kam oylik ish haqi- 
ning 50 foizidan;
— I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — eng 
kam oylik ish haqining 100 foizidan;
— II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — eng 
kam oylik ish haqining 50 foizidan;
— oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi uchun — eng kam oylik ish haqining 50 
foizidan;
— otasi-onasidan judo bo‘1gan (chin yetim) har bir bolaga 
boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi — eng kam oylik ish haqi- 
ning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
U stam a haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan q a t’i 
nazar q o ‘shib hisoblanadi.
Pensiya so'rab m urojaat etgan kishiga qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda 0 ‘zbekiston Res- 
publikasi oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga bajargan 
ishlariga qarab eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 
foizigacha ko‘rsatilgan ustama haq qo‘shib hisoblanishi mumkin 
(ikkita ustama haq berilishi mumkin).
Tayinlangan pensiyalar keyinchalik qayta hisoblanishi mum- 
kin. Pensiyani qayta hisoblashga asos b o ‘ladigan ana shunday
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


holatlar „Fuqarolam ing davlat pensiya ta ’m inoti to ‘g‘risida“gi 
qonunning 49-moddasida ko'rsatib qo‘yilgan bo‘lib, ular quyi- 
dagi hollarda qayta hisoblanadi:
— pensioner pensiya miqdoriga ta'sir ko‘rsatuvchi (pensiya 
tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to ‘g‘risidagi hamda 
boshqa) qo'shim cha hujjatlami taqdim etgan taqdirda;
— nogironlik guruhi o ‘zgarganda;
— boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oladigan oila a'zolari 
soni o ‘zgarganda;
— eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgargan taqdirda;
— m intaqaviy koeffitsiyent belgilangan (b ek o r qilingan) 
yoki uning miqdori o ‘zgargan taqdirda;
— daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday
huquq paydo boMganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari 
mumkin.
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo'lganida, tayinlangan 
pensiyani qayta hisoblash, pensioner pensiyani qayta hisoblash 
uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan 
amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo ‘ladigan holatlar 
vujudga kelgan taqdirda, qayta hisoblash ana shu holatlar paydo 
bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga 
oshiriladi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin