— oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan a'zolaridan biri
ta ’lim muassasasidan berilgan uning o‘quvchi ekanligi haqidagi
m a'lum otnom ani taqdim etgan taqdirda, boquvchisini yo'qotgan-
lik pensiyasini oluvchi oila a'zolari soni o'zgai^anda;
— nogironlik guruhi o ‘zgarganda.
Pensiya m iqdorini qayta hisoblash to ‘g‘risida kom issiya
tom onidan qaror qabul qilingandan so ‘ng pensiya m iqdorini
qayta hisoblash, pensioner, barcha zarur hujjatlar bilan birga,
tegishli ariza bilan m urojaat qilinsa kelgusi oyning birinchi
kunidan boshfab amalga oshiriladi. Ish haqining eng kam miqdori
o ‘zgargan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblash ish haqining
m iq d o ri o 'z g a rish i u c h u n asos b o ‘lgan n o rm a tiv -h u q u q iy
hujjatda ko'rsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya m iqdori kam ayishiga olib kelgan h o la tla r yuz
berganda (boquvchisini yo ‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila
a'zolari soni o ‘zgarishi, nogironlik guruhining o ‘zgarishi), qayta
hisoblash ushbu h o latlar boshlangan oydan keyingi oyning
birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan mehnat staji va
ish haqi hisobga olingan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash
amalga oshirilmaydi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash
0 ‘zbekiston Respublikasi
V azirlar M ahkam asi to m o n id a n belgilanadigan ta rtib d a ish
haqining yakka tartibdagi koeflitsiyenti qo ‘llangan holda amalga
oshiriladi.
KALIT S O ‘ZLAR.
Pensiyalarni hisoblash qoidalari. Pensiyani hisob-
lash uchun o'rtacha ish haqini aniqlash. O'rtacha ish haqini aniqlashda
hisobga olinadigan va hisobga olinmaydigan daromadlar. Ish haqi haqidagi
hujjatlar. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlari. 5 yildan kam
ishlagan fuqarolar o‘rtacha ish haqini hisoblash. Ish haqining bazaviy
miqdori va uni aniqlash. Ish staji uchun qo'shimcha. Pensiyaga ustamalar.
Dostları ilə paylaş: