Ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.12.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#190575
1   2   3   4   5   6   7   8
13-ma\'ruza

Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari.
Energiya 
manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga, balki 
fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. 
Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi 
natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya 
manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish 
uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim:
- energiya tebranishlariga tayyor turish;
- energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan 
(UPS - Unintrruptible power supply) foydalanish;
- vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o ‘rnatish;
- ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini 
o ‘rnatish;
- elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to ‘g ‘ri foydalanish.
Ish joyining xavfsizligi: qabulxona.
Tashkilotning qabulxonasi har
doim mehmon va tashkilotlar orasida o ‘zaro aloqa o ‘rnatishda muhim 
joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli 
mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli, 
qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va 
qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining
xavfsizligi.
Har bir tashkilot o ‘z serverining va zaxira nusxalash 
vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim. 
Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois, 
ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server 
va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi:
126


- server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. 
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar 
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;
- server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki 
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik 
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;
- serverlarni, o ‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash 
uchun, maxsus tagliklarga o ‘rnatish;
- turli energiya o ‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira 
UPS vositasiga ulash;
- qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;
- xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server 
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi
qurilmalar.
Tashkilot har doim o ‘zining server va zaxira nusxalash 
vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar, ishchi stansiyalar
routerlar va svitchlar, 
printerlar, 
olib yuriluvchi vositalar va 
boshqalarning xavfsizligiga e ’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi 
va 
chiquvchi 
barcha 
m a’lumotlar 
axborot 
tarmog‘i 
orqali 
harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va 
ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim.
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar.
Hozirgi kunda 
har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda. 
Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo‘lib, 
ular osonlik bilan o ‘g ‘irlanishi, yo‘qolishi va ularga zarar yetkazilishi 
mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli 
mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash 
choralarini ko‘rish talab etiladi (4.24-rasm).
4.24-rasm.
N outbuklarni stolga qulflash vositasi
127



Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin