Ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.12.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#190575
1   2   3   4   5   6   7   8
13-ma\'ruza

fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura.
Tashkilotlar 
o ‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning 
joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, 
kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam 
ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi 
jinoyatchilik 
ko‘rsatkichi 
yoki 
turli 
xavfsizlik 
insidentlarining 
mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 
barcha omillarni e ’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, 
tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli 
bo‘lishi tavsiya etiladi.
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib, 
ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida 
tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi 
lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi 
jihatlarga e’tibor berishi lozim:
- binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, 
mashinalar to ‘xtab turish joylari, o ‘tish yo‘laklari va qabul qilish 
hududlarini aniqlashtirilganligiga;
- joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi 
arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha m a’lumot olish uchun 
binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga;
- halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi 
orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga;
118


- agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa
ularni sizning shaxsiy m a’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga 
ta’sirini o ‘rganilganligiga;
- fizik xavfsizlikni, maxfiy m a’lumotlarni saqlash va tashkilot 
faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan 
muhim infrastrukturani aniqlashtirishga.
Fizik xavfsizlikni 
nazoratlash: 
y o n g ‘inga 
qarshi 
tizimlar.
Yong‘inga qarshi tizimlar o ‘zida 
aktiv
va 
passiv y o n g ‘inga qarshi
himoyani
mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda 
muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki 
avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm).
4.17-rasm.
Y ong‘inga qarshi himoya vositalari
Yong‘inga qarshi aktiv himoya
vositalari tashkilotda yong‘in 
yuzaga kelgani haqida ogohlantirib, odatda tijorat, ishlab chiqarish 
joylarida va savdo uylarida o ‘rnatiladi. Ushbu himoya usulining asosiy 
maqsadi yong‘inni binoning boshqa qismlariga tarqalmasligini oldini 
olish hisoblanib, yong‘inga qarshi chora ko‘rishda m a’lum ishlarning 
avtomatik yoki noavtomatik tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.
Yong‘inga qarshi aktiv himoya tizimi suv sepish, tutun/yong‘indan 
ogohlantirish tizimlari, o ‘t o ‘chirish va turli suyuqlik (sprey) sepish 
tizimlarini o ‘zi ichiga oladi.
Yong‘inga qarshi aktiv tizimlar quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:

y o n g ‘inni aniqlash tizimi
yong‘in tarqalishidan oldin uni 
aniqlashga yordam berib, 
tutun aniqlovchilarini, alanga aniqlovchilarini
va 
issiqlik aniqlovchilarini
o ‘z ichiga oladi.
119



y o n g ‘inni bartaraf etish tizimlari
inson aralashuvisiz yong‘inni 
dastlabki bosqichlarida uni bartaraf etib, zararni kamaytirishga va 
qurilmalarni yo‘q qilinishidan himoyalaydi. Yong‘inni bartaraf etish 
tizimlari avtomatik va avtomatik bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Ushbu 
tizimlarga 

Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin