Ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.12.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#190575
1   2   3   4   5   6   7   8
13-ma\'ruza

haroratli
muhitda bo‘lishlari talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori 
haroratda ishlashga m o‘ljallanmagan. Kompyuter tizimlarida sovutish 
tizimlari mavjud bo‘lsada, tashqi yuqori harorat ularning ish faoliyatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashkilotdagi elektr va elektron jixozlar 
namlikni
o ‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori namlik karroziyaga, qisqa 
tutashuvlarga sababchi bo‘ladi yoki magnetik va optiq saqlagichlarga 
jiddiy ta’sir qiladi.
116


Sun’iy tahdidlar.
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‘ladigan salbiy ta’sirlarning 
aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato 
natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan 
bo‘ladigan quyidagi tahdidlar mavjud:
Vandalizim.
Xafa bo‘lgan xodimlar yoki sobiq xodimlar tizim 
komponentlarini 
buzish 
yoki 
zarar 
yetkazish 
orqali 
tizimni 
obro‘sizlantirishga harakat qilishlari mumkin.
Qurilmaning y o ‘qolishi.
Ruxsatsiz foydalanish muhim axborot 
yoki qurilmani yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar qurilma himoyasi 
yetarli darajada bo‘lmasa, uning o ‘g ‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Fizik qurilmalarning buzilishi.
Qurilmalarning noto‘g ‘ri ishlashi, 
masalan, qurilmalarning yoki ma’lumotlarning noto‘g‘ri saqlanganligi, 
zararlangan qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar fizik 
qurilmalarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O ‘g ‘irlash.
Xavfsizlik 
tizimidagi 
zaifliklar 
jixozlarning 
o ‘g ‘irlanishiga sabab bo‘ladi.
Terrorizm.
Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik 
harakatlari, masalan, mashinaga qo‘yilgan, shaxslarda mavjud bo‘lgan 
yoki masofadan turib boshqariluvchi bomba portlashi natijasida tashkilot 
fizik xavfsizligiga turlicha zarar yetkazilishi mumkin.
Ijtimoiy injineriya.
Ijtimoiy injineriyaga shaxsiy axborotni boshqa 
shaxslar tomonidan noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida qilgan 
harakatlari sifatida qaraladi. Buzg‘unchi tashkilot xodimlaridan ijtimoiy 
injineriya orqali ruxsatsiz fizik nazoratlashdan daromad ko‘radi.
Tizimlarni ruxsatsiz nazoratlash.
Har ikkala, ichki va tashki 
foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborotni yoki tizimni ruxsatsiz 
boshqarishga harakati.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash.
Biror fizik xavfsizlikni mos 
xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini, 
qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash 
mumkin:

m a ’muriy nazorat
xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini 
mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar m a’muriy 
nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. M a’muriy nazorat har bir 
foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib, 
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga 
oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o ‘z
117


ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan 
usullarni amalga oshiradi.

fizik nazorat
tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini 
olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni 
ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat 
qurilmaning yo‘qolishi yoki o ‘g ‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki 
yo‘q 
qilinishi, 
yong‘in yoki tabiiy 
ofatlar kabi tahdidlardan 
himoyalashga xizmat qiladi.

texnik nazorat
mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan 
yoki 
binolardan 
foydalanishni 
nazoratlash 
texnologiyalaridan 
foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash 
uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan 
foydalanadi.


Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin