Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari Shaxsga yo’naltirilgan o’qitishning mohiyati va tamoyillari Xulosa



Yüklə 116,32 Kb.
səhifə1/3
tarix16.06.2023
ölçüsü116,32 Kb.
#131223
  1   2   3
Mavzu


Mavzu. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari
Reja:

  1. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari

  2. Shaxsga yo’naltirilgan o’qitishning mohiyati va tamoyillari

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari





  • Pedagogik texnologiya deb ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishga, ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlashga qaratilgan texnologiyaga aytiladi. Aslida “pedagogik texnologiya” iborasi ingliz tilidagi “aneducational technology” - “ta’lim texnologiyasi”dir.

  • «Texnologiya» – yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va »logos» (logos) – fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to’liq tavsiflab berolmaydi.

  • Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin.

O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu erda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.


Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo YA.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • YOshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi:

  • Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;

  • Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;

  • O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.

An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti­rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, YA.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:

  • ilmiylik;

  • tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);

  • uzviylik va tizimlilik;

  • o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);

  • mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)

  • onglilik va faollik;

  • nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;

  • yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm).
Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya).
Zamonaviy an’anaviy o‘qitish esa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu erda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
SHuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko‘ra rivojlanganroq bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi.
SHuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda YA.A.Komenskiyning o‘qitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla­nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bu davrda, o‘qitishning an’ana­viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy o‘qitish) o‘z umrini oxiri­ga etdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan ko‘ra ancha yuqori bo‘lganligi sababli, o‘qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining etarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O‘qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo‘ladi:

  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

SHaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

  • har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

  • o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi

  • pedagog va o‘quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

YAngi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

  • o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

YAngi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

  • o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.


Yüklə 116,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin