Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”


III BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

III BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA 
INNOVATSIYALAR YARATISH VA ULARNI DARS JARAYONIGA 
TADBIQ ETISH. 
3.1 
Pedagogik 
dasturiy 
vositalar 
yaratishda 
o‘quvchilarning 
psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish
 
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil 
ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional 
va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik 
dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi 
o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni 
uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, 
xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga 
salbiy ta’sir qiladi. 
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda 
ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar 
hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi: 
- ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; 
- yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy 
ko‘tarinkilikning tinib qolishi; 
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy 
hissiyotlarning yig‘ilib borishi; 
- katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot 
resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. 
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va 
joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga 
olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. 


40 
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi 
birinchidan: talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va 
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik 
darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, 
o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional 
foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror 
motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. 
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga 
tatbiq etish, an’anaviy ta’lim erishgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni 
yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash 
bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning 
individualligini ta’minlash, ta’lim oluvchiga vaqt va fazo jihatidan qulaylik 
yaratuvchi vositalardan biri bu elektron kitoblardir.
Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim 
oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi. Bir 
so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil 
boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy 
intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. Elektron 
dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy 
yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga 
qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini 
berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Kundalik turmushda 
foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib 
borishi elektron darsliklar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy 
etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoit yaratmoqda. 
Elektron darslik an’anaviy darslikdan ko‘ra «bir muncha yuqori 
intellektga» ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir 
nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni 
musahkamlashga yordam berish va h.k.) ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. SHu 


41 
bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha zarur (qo‘shimcha ma’lumotlar) o‘quv 
materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la 
o‘quv ma’lumotlarigina elektron darslikning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. 
Elektron darslikdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy darslik 
oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir 
paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, 
ixchamlilik, va h.k.) yaratadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin