O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

 
Yodda tuting
!
2017-yilning o‘zida xorijiy mamlakatlar bilan 60 mlrd. dollarlik 
shartnomalar imzolangan bo‘lsa, shuning 35 foizi, ya’ni 23 mlrd. dollari 
Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. 


122
O‘zbekiston – AQSh
. O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari 
o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga 
qo‘yildi. 1992-yil fevralda AQSh davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy tashrif
buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil
martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQShning elchixonasi ochildi. O‘zbe-
kiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1996-yil
iyunda AQShda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi
pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan
uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish,
tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masa-
lalari muhokama etildi. Bill Klinton AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor 
ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, 
O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida 
yordam berajagini ta’kidladi. 
1996-yil O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston
davlati delegatsiyasining AQShda bo‘lishi chet el sarmoyasi uchun 
respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini 
bartaraf etdi.
Yodda tuting
!
2002-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy davlat 
tashrifi bilan AQShda bo‘ldi. AQShni sinovli damlarda qo‘llab-
quvvatlagani uchun 2002-yil Islom Karimov Amerika jamoatchiligi 
tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi.
2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va 
arab-musulmon davlatlari sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida 
Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp ilk bor uchrashdi. 
Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda olib 
borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi.
Shu yil sentabrda 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasi 
munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi va u yerda istiqomat 
qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi. 


123
Prezidentimizning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi turli tarixiy 
voqealar va uchrashuvlarga nihoyatda boy bo‘ldi. Prezidentimiz 19-sentabr 
kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida mamlakatimiz, xalqimiz uchun 
yana bir muhim ahamiyatga molik voqea bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Millat
-
lar Tashkiloti binosida muazzam Registon maydonining maketi o‘rnatildi. 
19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Donald Tramp tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamb-
leyasining 72-sessiyasiga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbar-
lari sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari 
bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, Xalqaro valuta jamg‘ar
-
masi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard, Bolgariya Respublika-
si Prezidenti Rumen Rudev, Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini 
bilan uchrashdi. Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori 
Kristin Lagardning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lam-
li islohotlar haqida to‘xtalib, ularga O‘zbekiston renessansi, yangi uyg‘o-
nish davrining boshlanishi sifatida baho bergani ayniqsa diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, Jahon banki prezidenti Jim Yeng Kim 
bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan ham 
uchrashib, samimiy suhbatlashdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tgan qabul 
marosimida ishtirok etdi.
Vatandoshlar ilm-fan, ta’lim, texnologiya, investitsiya va boshqa soha-
larni rivojlantirish, O‘zbekiston va AQSh muassasalari o‘rtasidagi aloqalar-
ni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. 
Shavkat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim 
va tajribalarni mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi kunda 
O‘zbekiston va AQSh strategik hamkor va sherik mamlakatlardir

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin