Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif


Pulning kelib chiqishi va mohiyati



Yüklə 326,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix24.12.2023
ölçüsü326,93 Kb.
#190907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja kirish pul

1.Pulning kelib chiqishi va mohiyati 
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk 
kashfiyotlaridan hisoblanadi. 
”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo 
bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va 
«ehtiyojlarning bir 

biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati 
va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, 
mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari 
yaratgan. 
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda 
pulning 
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona 
yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun 
qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini 
amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chu
nki, aynan mana shu 
tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va 
hisob

kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin 
yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib 
xizmat qiladi: 

qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari 
turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga 
yaqin yoki tanish odamlarga bergan
, bu o‘z–o‘zidan odamlar o‘rtasida 
stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga 
kelishiga sabab bo‘lgan;
- odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi 
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela 
boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga 
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. 
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning 
kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq–
ovqatlar, kiyim

kechaklar va 
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab 
chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi.
Ma’lumki, natural xo‘jalik
tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik 
ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan 
(yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj 
mavjud bo‘lmagan. Yuqorida
 qayd etilgan ikki omil
, kishilar o‘rtasida 
ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada 
odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa 
mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. 
Ayirboshlash 

bu kishilarning istak

xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida 
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini 
qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, 
zarur bo‘lgan 
narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan 



buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv 
natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘
ziga tegishli tovar yoki 
xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, 
ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, 
“A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur 
bo‘lgan, undan ham
foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek
natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini 
shakllanishiga olib kelgan. 
Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash
 jarayoni 
rivojlanib
, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. 
Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib 
chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat 
kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash 
jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini 
faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

ishlab c
hiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish 
davriga o‘tishi;

ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir–biriga o‘zaro bog‘liqligining 
vujudga kelishi; 

ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi.
K.Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning 
quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol 
qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan
pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil 
qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat 
sifatida namoyon bo’ladi. Shunga
 asoslangan holda pul ham tovar, lekin 
boshqa tovarl
ardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus 
tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida 
xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga ifoda qiluvchi, 
umumiy ekvivalent hisoblanadi. 
Umumiy ekvivalent rolini uz
oq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsa
-
da, tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog’oz pullar, 
boshqa kredit vositalari yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining 



bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga 
olib kelgan. 
Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar 

u pul bo’lib qoladi. 
Yuqoridalarga asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha 
ta’riflashimiz mumkin. Pul 

bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, 
abstrakt mehnat xarajatlar
ini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi 
ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. 
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz 
mumkin. Bular: 
Birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; 
Ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent - 
yagona tovar bo’lib, qolgan 
tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu 
xususiyatga ega bo’la olmaydi);
Uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat 
va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi;
To’rtinchidan, pulning
 har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda 
kishilar o’rtasida yuzaga 
keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va 
boshqalardir. Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va 
muomala vositasi ekanligini ochib beradi. 
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari 
qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha 
tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda 
boshqa tovarlar. 
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot 
mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). 
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, 
ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish 
xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni 
muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, 
ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib 
hisoblanadi. 
I
nsoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson 
faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan 
va shunday bo’lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha



soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning 
mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, 
korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan 
mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan 
belgilanadi». 
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va 
zarurligiga kam e’tibor berishgan. 18
57 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. 
Djevons Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana 
kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el 
iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50 
- yillardagi darsliklarning 
avtorla
ri pulning mohiyatidan ko’ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va 
bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o’rganish 
muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish 
olib borishgan. 
Hozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan 
masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor 
iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan 
ko’ra,
 pulning iqtisodga
, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiqot 
qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.
Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar 
hamda ishchi kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida 
yaratilgan tovarlar yana pulga sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad 
taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 
Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va 
xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviy talablar va 
majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar faqat pulda ifodalanadi. 
Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida 
fuqarolar faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi. 
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy 
ekvivalent vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib 
xizmat qiladi. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir. 
Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat 
qiladi. 
Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit 
kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan 
foydalanish, elektron pullar yordamida qarzlarni to’lashni tezlashtiradi. 
AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi 
- EFTS (Electronie Funds 



Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini ta’minlamoqda.
Hozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar 
o’rniga hisob
-
kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay 
va afzalliklarga ega. Kredit kartoch
ka bo’yicha barcha turdagi chakana 
savdo uchun va xizmatlar uchun to’lash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit 
kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan.




Yüklə 326,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin