Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif



Yüklə 326,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix24.12.2023
ölçüsü326,93 Kb.
#190907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja kirish pul

Natural pullar. 
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida 
foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar 

bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan
 tovarlardir, ushbu pullarning qiymati 
tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar 


19 
qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida foydalanishda 
uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin. 
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan 
tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va 
boshqalar. 
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va 
metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. 
Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar. 
3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari 
kiradi. Masalan, bu
g‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur 
va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha 
kishilar topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik
bir 
urug‘ga mansub kishilar qabila

qabila bo‘lib yashay boshlagan. Qabila 
ichida odamlar bir

biriga yordam berishi, oziq
–ovqatlarni baham ko‘rishi 
ker
ak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda amalga oshirilib, buning o‘rniga ular 
bir

biridan hech narsa umid qilmagan
, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.
Keyinchalik ib
tidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila 
qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti
–vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli qonli 
to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida bir qabila 
ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ular
ning barcha narsalarini 
talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida 
kuchli qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. 
Aynan shu jarayon ham kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash 
munosabatlarini vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. 
Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtirib
 ekin eka boshlagan, 
keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan 
narsalar barchasi bir yo‘la iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda 
zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga 
kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda 
tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana 
boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan
bularning barchasi kishilar o‘rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki 
tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan. 
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng 
tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi. Mehnat qurollariga dehqonda, 


20 
c
horvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z 
mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. 
Mehnat qurollari eng qadimiy tovar- pullar hisoblanadi. 

Yüklə 326,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin