to’g’risidagi g’oyani ham
uchratish mumkin.
Bu vazifani biror valyutaga bog’lab qo’yish to’g’ri deb
bo’lmaydi. Agar biz tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, tashqi savdo, xalqaro
aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi jahon puli sifatida
oltinning qo’llanilishiga olib kelgan. 1867 yi
lda Parijda qabul qilingan
kelishuvga asosan oltin davlatlar o’rtasida yagona pul (jahon puli) sifatida
qabul qilingan. 1922 yilda Genuyada o’tkazilgan konferentsiyasidagi valyuta
bitimiga asosan AQSh dollari va Angliya funt sterlingi oltinning o’rinbosari
sifatida e’lon qilindi va xalqaro to’lovlarda qo’llanila boshladi. 1944 yildagi
Brettonvud konferentsiyasidan keyin jahon puli vazifasi oltinda qoldirilgan
holda, xalqaro to’lovlarda AQSh dollaridan ko’proq foydalanishga imkoniyat
berildi. Dollarni olting
a almashtirish bo’yicha dollar kursi belgilandi va 35
dollar 31,1 gr. oltinga teng deb qabul qilindi.
Keyinchalik har xil valyuta bloklari, valyuta kliringi tashkil qilindi. 70-
yillardan boshlab xalqaro to’lovlarda XVF tomonidan kiritilgan maxsus hisob
va
to’lov birligi SDR (Special Dzawind Ridts) qo’llanila boshlagan. 1971 yilda
SDRning oltin miqdori AQSh dollarinikidek 0,888 671 gr. oltinga teng deb
belgilangan. Dollar devolvatsiya bo’lganidan keyin, 1974 yil 1 iyuldan
boshlab SDR qiymati 16 davlat valyut
asining o’rtacha kursi, keyinchalik
etakchi besh mamlakat valyutasi kursi bo’yicha aniqlanadigan bo’ldi. 1979
yil martdan boshlab Evropa valyuta tizimiga kiruvchi mamlakatlarda xalqaro
hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi -EKYu (Europen
Currencu Unit) qo’llaydigan bo’lishdi. EKYu
-
bu a’zo mamlakatlar
banklaridagi schetlariga yozib qo’yiladigan hisob birligi.
Iqtisodchilarimiz o’rtasida pulning jahon puli
vazifasi mavjud deyuvchilar,
biz yuqorida qisqacha ta’riflagan valyuta kliringi, SDR, EKYu kabi to’lov
vositalariga jahon puli sifatida qaraydilar. Lekin SDR, EKYu lar asosan
to’lovlarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Bu jarayon esa pulning to’lov
18
vositas
i vazifasida o’z aksini topadi. Bu holda to’lov jarayoni mamlakat
ichidagi emas, davlatlararo munosabatlarni o’z ichiga oladi.