O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
125398 (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti 
H.R.Zokirova
 
O‘ZBEK TILI 
MORFONOLOGIYASI 
 
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A N D I J O N - 2 0 1 6


Taqrizchilar:
Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor. 
U. Rahimov
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Mas’ul muharrir: Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil
6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100
– 
filologiya va tillarni 
o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek tili 
faning namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari 
yoritilgan. 
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich 
talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi barcha 
qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. 
Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida 
(2015 yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma), ADU Ilmiy-metodik kengashi 
yig‘ilishida (2015-yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib, 
nashrga tavsiya etilgan. 


SO`Z BOSHI 
Ushbu majmuada “O’zbek tili morfonologiyasi” fanining maqsad va 
vazifalari, obyekti va prеdmеti, ilmiy-nazariy masalalari, umumiylik va xususiylik 
kategoriyalari, til strukturasining sathli tuzilishi, sistema va struktura, morfologik 
o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tili morfonologiyasining mundarijasi va 
tilshunoslik bo’limlari tizimidagi o’rni bilan bog’liq masalalarga e’tibor berilgan. 
Binobarin, Oliy ta'lim muassasalarida, ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat 
ko’rsatish uchun ham bu fan bo’yicha muayyan malakaga ega bo’lish talab etiladi. 
Nеgaki, o’zbek tili morfonologiyasi asosida nazariy va amaliy bilimga, muayyan 
malakaga ega bo’lmay turib, bu fan bo’yicha yеtuk mutaxassis bo’lish qiyin.
Fanni o’qitishning maqsadi o’zbek tili morfonologiyasining predmeti, 
vazifalarini yoritish, fan doirasida o’rganiladigan asosiy masalalarning mazmun 
mundarijasini belgilash, til strukturasining sathli tuzilishlari, morfologik
o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tilining morfologik xususiyatlari, morfonologik 
talablarni yuzaga keltiruvchi omillar, tovush tuzilishlari, tovush ortishi bilan 
bog’liq hodisalar haqida ma’lumot berishdir. 
Fanni o’qitishning vazifalari – talabalarda “O’zbek tili morfonologiyasi” 
fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo’yicha bilimlarni shakllantirish va 
mustahkamlash; talabalarda o’zbek tili morfonologiyasi bo’yicha boshlang’ich 
bilimlarni shakllantirish; morfonologik talablarni yuzaga keltiruvchi omillar, 
tilshunoslik fani bo’limlari, tilshunoslikda faol qo’llaniladigan atamalarni 
o’zlashtirish va til strukturasi haqida bilim berishdan iborat.

O’zbek tili morfonologiyasi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 

sistema va sturktura. Til strukturasining sathli tuzilishi. Sathga ajratish 
muammolari va tamoyillari. Sath birliklari. Sath birliklari o‘rtasidagi munosabatlar. 
Bir sathga mansub birliklar o‘rtasidagi munosabatlar. Turli sathga mansub birliklar 
o‘rtasidagi munosabatlarni bilishi kerak;
-
tilshunoslik bo‘limlari tizimida morfonologiyaning o‘rni. Morfemalar zanjiri. 
Morfemalar zandiridagi morfologik o‘zgarishlar. Morfologik o‘zgarishlarning 
sabablari. Morfonema tushunchasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi 
kerak;
- t
illarning morfologik xususiyatlari. Agglyutinatsiya. Agglyutinativ tillarning 
xususiyatlari. Fleksiya. Flektiv tillarning xususiyatlari. Fuziya. Tilshunoslikda 
morfonologiya masalasi. Morfonologiya va uning o‘rganish birligi. Praga 
lingvistik maktabining morfonologik qarashlari. O‘zbek tilshunosligida 
morfonologiya masalalari haqida tushunchaga ega bo’lishi kerak.

“O’zbek tili morfonologiyasi” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 8-


semestrlarda o’qitiladi. 
“O’zbek tili morfonologiyasi” dasturini amalga oshirish o’quv rejasida 
keltirilgan falsafa, mantiq, tilshunoslik nazariyasi fanlarida o’rganiladigan 
muammolar borasida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi. 



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin