-a
turli kategorial ko`rsatkichlar sifatida
qo`llanilishi mumkin:
sestr-a
,
stol-a, dom-a...
Kontekstdan uzib olgan
-a
qanday grammatik ma’nolarni ifodalaydi, deb so`rash
mantiqsizlikdir. Ma’lum ifodalanmish (designat) bilan bog`lanmagan ifodalovchi (designator)
belgi hisoblanmaydi.
O`zbek tilidagi ot tovush qatori (yoki grafik tasvir) hali lisoniy belgi emas. U faqat ma’lum
ma’no bilan (yoki "ism" bilan, yo "hayvon" bilan, yo "harakat" bilan) bog`langandagina belgiga
aylanadi. So`zlovchi uchun omoniya muammosi yo`q. Chunki otni talaffuz etar ekan va uni
sintagmatik munosabatini yuzaga chiqarar ekan, u hech omonimdan foydalanayotganini
o`ylamaydi. Ifodalovchini ifodalanmish bilan bog`laydi. Tinglovchi ham shu nutqiy vaziyatda
so`zlovchi uzatgan axborotni qabul qiladi. Demak, u ham ifodalovchini aniq bir ifodalanmish
bilan bog`laydi. Shuningdek, sintaktik birliklarda ham shakliy tuzilish birliklari bilan mazmuniy
tuzilish birliklari ko`pincha muvofiq kelmaydi. Masalan, Keldim gapida mazmuniy tuzilish
birliklari agens (bajaruvchi subyekt) va uning harakati (predikati) o`rtasidagi munosabatdan
tashkil topib, shakliy tuzilish bo`yilcha faqat bir so`zdan - fe’l kesimdan tashkil topgan.
6. Sabab va oqibat ham borliqsagi narsa va hodisalar o`rtasidagi aloqadorlikni ifodalovchi
bir kategoriyadir. Darhaqiqat, dunyodagi narsa va hodisalar o`zlarining paydo bo`lishlari,
shakllanish va rivojlanishlarida o`zaro aloqadorlikda bo`ladi va bu aloqadorlikda biri sabab,
ikkinchisi esa shu sabab tufayli yuzaga chiqqan oqibat bo`ladi. Muayyan hodisalarni yuzaga
keltirgan, lekin bevosita sezgi a’zolarimizga berilmaydigan yashirin jihat, mohiyat sabab, u
tufayli yuzaga chiqqan, sezgi a’zolarimiz yordamida his qiladigan narsa va hodisalar oqibat
sanaladi. Sababsiz oqibat yo`q va bo`lishi ham mumkin emas. Sezgi a’zolari yordamida amaliy
bilim jarayonimizda oqibatlarga duch kelamiz. har qanday tadqiqotchining vazifasi oqibatni
o`rganlish orqali uning zamirida yashiringan sababni aniqlashdan, ularning ikkalasi o`rtasidagi
sababiy bog`lanishni, sababiyatni ochishdan iborat bo`lishi kerak. Masalan, ma'lum bemordan
isitma chiqayapti. Bizning sezgi a'zolarimiz uning isitmasi borligini his qiladi. Ko`zimiz bilan
ikki yuzi qizarganini, ko`zlari xorg`inligini, lablari qurishganligini ko`ramiz. Qo`limiz bilan
peshonasini ushlab ko`rish orqali isitmaning me’yordan ko`tarilganini bilamiz. Lekin bizning bu
bilishimiz amaliy bilish sanaladi. Nimaning natijasida isitma chihayotganligini, uning sababini
bunday yo`l bilan bila olmaymiz. Buning uchun bir qancha tashqi belgilarni solishtirish kerak
bo`ladi va buning natijasida isitma ortida yashiringan sabab aniqlanadi. Sabab va oqibat
aloqadorligi, sababiyat til sistemasi va uning funksiyasida ham amal qiladi. Xususan, nutqiy
jarayonda turli xil fonetik o`zgarishlar ro`y beradi. Bu fonetik o`zgarishlar ham ma'lum sababiyat
tufayli maydonga keladi. Chunki til sistemasidagi har bir o`zgarish ham, shuningdek, bevosita
nutqiy jarayondagi o`zgarishlar ham ma’lum sababiyat natijasidir. Har qanday fonetik
o`zgarishlarning sababi insonning talaffuz qilish qulayligiga intilish harakati natijasidir. Sabab
talaffuz noqulayligini bartaraf etish, oqibat esa fonetik o`zgarish, ya’ni qulaylikka erishish.
Nutqiy jarayondagi ana shu sababiyatga yosh grammatikachilar maktabi vakillari katga e’tibor
berdilar va nutqsagi har bir fonetik o`zgarishlar zamirida sababni topishga alohida diqqatni jalb
qiladigan falsafadagi imkoniyat va voqelik dialektik bog`lanishi ham til dixotomiyasida yorqin
o`z ifodasini topadi. Imkoniyat yuzaga chiqmagan, lekin yuzaga chiqishli bo`lgan voqelikdir.
Uning yuzaga chiqishli voqeliklarni vujudga keltiradi. Agar bu aloqadorlikni tilshunoslik asosida
ko`ib cniqadigan bo`lsak, til - nutq dixotomiyasida barcha til birliklari imkoniyat, ularning nutq
jarayonida turli xil moddiy ko`rinishlari voqeliklar sanaladi.
8. Bulardan tashqari dialektikadagi taraqqiyot qonun miqdor va sifat o`zgarishlari birligi
qonuni, qarama-qarshiliklar birligi qonuni, inkorni inkor tilda ham amal qiladi.
9. Dialektikaning bir shakli sinergetikadir. Sinergetika tabiat va jamiyat taraqqiyotida
oraliq, o`tkinchi holatlarning bo`lishi mumkinligini e’tirof etadi. U taraqqiyot jarayonida beqaror
holat bilan barqaror holat o`rtasidagi qonuniyatga tayanadi. Barqarorlik qonuniyat va sababiyat
natijasidir. Uni oldindan bilish, boshqarish mumkin. Barqarorlik hodisaning mohiyatini
tushunish uchun unga teran va sinchkov nazar tashlash lozim bo`ladi.
Bunday oraliq holatlar tilshunoslikka ham aslo dahldordir. Shuning uchun ham ayrim
tilshunoslar lingvistik birliklarni o`rganlar ekanlar ularni markaziy va chegara holatlarga
ajratadilar. Chegara holatday birliklarda ikki qutbiy birliklarga xos xususiyatlar aralashgan,
tutashgan bo`ladi. Bunday holati quyidagi sxema orqali tasvirlash mumkin:
Chegara
Markaz Markaz
Chegara holatday birliklarda ikki qutbiy birliklarga xos xususiyatlar aralashgan, tutashgan
bo`ladi. Masalan fonologik sathda unlilarning og`iz ochilish darajasi belgisi bo`yicha
zidlanishida tor va keng unlilar oralig`ida tor ham keng ham bo`lmagan o`rta keng (o`rta, tor)
unlilar mavjud. Yoki so`z turkumlari sistemasida mustaqil va yordamchi so`zlar zidlanish
oralig`ida mustaqil so`zlarga ham, yordamchi so`zlarga ham kirmaydigan, har ikkisining
belgisini qisman o`zida mujassam etgan so`zlar guruhi bor. Bunday misollarni tilning har bir
sathi bo`yicha ko`plab keltirish mumkin. Shu faktning o`ziyoq til sitemasidagi oraliq
holatlarning dialektika qonuniyatlariga muvofiq kelshini ko`rsatadi. Yuqoridagilardan
ko`rinadiki, tilshunoslikdvgi turli xil muammolarni obyektiv hal qilishda falsafaga tayanib ish
ko`rish katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |