Grammatik shakl 1. Grammatik shakl muayyan grammatik ma’noning tashqi ifodalanish tomoni - moddiy
tomonidir. Grammatik shakl bilan grammatik ma’no falsafadagi shakl va mazmun dialektikasini
o`zida namoyon qiladi. Shakl va mazmun bir yaxlitlikning ikki tomoni - biri tashqi, ikkinchisi
esa ichki tomoni sanaladi. Shuning uchun ular bir-birini taqozo qiladi. Birisiz ikkinchisining
bo`lishi mumkin emas.
2. Tilshunoslik tarixida grammatik shakl tushunchasiga turli xil yondashuvlar kuzatiladi.
Bu xilma-xillikning ta'sirini bugungi grammatikaga doir tadqiqotlarda ham payqash qiyin emas.
Xususan u "grammatik kategoriyaning tashqi lisoniy vositalar bilan ifodalanishi", "ayrim
grammatik ma’noni ifodalovchi formal belgi", "ma’lum grammatik ma’no ifodalovchi shakl"
sifatida tavsiflanadi. Grammatik shakl atamasi deyarli barcha tilshunoslar tomonidan so`z
shakliga nisbatan qo`llaniladi. So`zning fammatik shakli masalasi nazariy grammatikaning eng
murakkab masalalaridandir. Ko`p qollarda so`zning grammatik shakli "muayyan tovush ifodasi"
sifatida izohlandi. Agar tovush ifodasiga ega bo`lmasa, u fammatik shakl doirasiga kiritilmadi.
Bunga asos qilib, ma’lum bir ma'no o`z tashqi ifodasiga ega bo`lmasa, u til faktiga aylanmaydi,
degan fikrga tayandilar.
3. Grammatik shaklga bunday qarash, ayniqsa, Moskva formal lingvistik maktabining
asoschisi F.F.Fortunatov konsepsiyasining asosi bo`ldi. F.F.Fortunatov qarashlarining ildizi
aslida N.P.Nekrasovga borib taqaladi. N.P.Nekrasovning fikriga ko`ra, so`zning doimo
o`zgarishini ta’minlab turadigan tovush ifodasi qismi uning grammatik shakli hisoblanadi. F.F.
Fortunatov ham grammatik ma’noning shakliy ifodasiga katta e’tibor beradi. U garchi ma’noni
e’tibordan chetda qoldirmasa ham, lekin grammatik shaklni belgilashda tovush sostavi birinchi
planga qo`yiladi. Uning ta’kidlashicha,
ruku (руку), nogu (ногу), vodu (воду) kabi so`zlardagi-