umumlashtirganda, grammatik ma'no ifodalanishining quyidagi usullarni ko`rsatish mumkin:
alohida morfemalar, yordamchi so`zlar, ohang, so`zning morfemik bo`linishi, struktur
shakllanishi, paradigmatik qatori va sintagmatik munosabati. Yuqorida ta'kidlaganidek,
grammatik shakl grammatik ma’no bilan dialektik bog`liqdir. Shuning uchun ham grammatik
shakl va grammatik ma’no o`rtasidagi munosabatlar tilshunoslar diqqatini o`ziga tortib keladi.
Praga lingvistik maktabi vakillari Karsevskiy va Skalichkalar shakl va mazmun o`rtasida mavjud
bo`lgan nomutanosiblikni ochib berishga harakat qildilar.
10. Amerika tilshunosi Xokket ham grammatik shakl va grammatik ma’no munosabatiga
e’tibor berar ekan, ular o`rtasida ko`pincha nomuvofiqlik mavjudligini e’tirof etadi. Shuning
uchun bo`sh element (morf) atamasini kiritdi. Mazmunsiz, biron-bir vazifa bajarmaydigan ifoda
plani birligini bo`sh morf deydi. Bo`sh morf tushunchasiga zid ravishda nol birlik (morfema)
tushunchasi paydo bo`ldi. Bo`sh morf bilan nol birlik bir-biriga zidlanuvchi va bir-birini taqozo
qiluvchi birliklardir. Bo`sh element (morf) - bu ifodalanmishdan mahrum bo`lgan belgi; Nol
birlik esa ifodalovchisi bo`lmagan ifodalanmish. har ikki holda assimetrik, bir yoqlama belgi
haqida fikr yuritiladi.
11. N.D.Arutyunova ta’kidlaganidek, belga belgiligini yo`qotmasdan turib bir yoqlama
bo`lishi mumkin emas. Nol elementlarning xususiyati ifoda shaklining yo`qligida emas, balki
uning o`ziga xosligidadir. Shuning uchun nol element ham va uning ziddi bo`lgan bo`sh element
ham bir yoqlama belgi sifatida qaralishi mumkin emas. Shuning uchun ham bunday qollarda
ayrim mualliflar ma'noli ifodalanmaslik (znachimogo otsutstviya) atamasini tavsiya etadi.
12. A.V.Isachenko ma’lum grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan tashqi
lisoniy vositalarni kategorial ko`rsatkichlar hisoblaydi. Uning fikricha, kategorial ko`rsatkichlar
o`z tabiatiga ko`ra belgi hisoblanadi. Kategorial ko`rsatkich har qanday belgi kabi ikki tarkibiy
qismdan tashkil topadi: tashqi moddiy vosita - ifodalovchi (designator) va ifodalanmish
(designat). Faqat har ikki qismning bir vaqtda ishtirokidagina belgini belgi qiladi. Uning fikricha,
ifodalovchi bilan ifodalanmish aloqasi tarixan tarkib topgan. Bu aloqa ushbu semantiq sistema
bilan foydalanuvchi barcha jamoa a’zolari uchun majburiydir. "Omonimlik" kategorial ko`rsat-
kichlarning mavjudligi buning guvohidir. Rus tilidagi
Dostları ilə paylaş: