O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Denotat -------------------------------------> Signifikat----------------------------------> Eksponent



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
125398 (1)

Denotat -------------------------------------> Signifikat----------------------------------> Eksponent 

Buni tovushiy ramzlar misolida ham ko`rish mumkin. Tarixiy taraqqiyot davrida tovushiy 


ramzlar tobora o`z burchaklarini kengaytirib borgan, deb faraz qilish mumkin. Taqlid va 
undovlarni boshqa so`zlardan farqlab turuvchi jihat shuki, ularda bu burchak juda kichik bo`ladi, 
ya’ni denotat va eksponent maksimal yaqinlashadi: 
Eksponent 
Denotat
 
 
 
 
Signifikat 
 
Biroq qo`shilib ketmaydi, albatta. Shuning uchun ham turli tillarda turlicha onomatoplar 
yuzaga keladi, ammo baribir ular bir-biriga juda o`xshaydi. Undovlarda ham shuni kuzatish 
mumkin, turli xalq vakillari bir xil his-tuyg`uni o`xshash (biroq aynan emas) birliklar bilan 
ifodalaydi.
Bunda moddiy vosita bilan ongda aks etgan predmet xususiyati munosabati grammatik 
ma'no sanaladi. Grammatik ma'no tabiatini son grammatik ma’nosi orqali tushuntirishga harakat 
qilamiz. Grammatik ma’nosi birlik va ko`plik ma’nolari munosabatini o`z ichiga oladi. Birlik 
ma’nosi bir, takrorlanmas predmetnigina emas (
a
yoki
a
va boshqalar), balki butun predmetlar 
sinfini ham ifodalaydi (a, a, ... a). qiyoslang: Bu ko`zoynak juda ravshan ko`rsatar ekan; 
Ro`paradagi magazinda ko`zoynak sotiladi. Bu gaplarning birinchisida ko`zoynak alohida bitta 
predyaetni (A birlik, A birlik), ikkinchi gapda esa barcha ko`zoynaqlarni, ko`zoynaqlar sinfini (A 
birlik) eiddiradi. Ko`zoynak leksema sifatsha leksik ma’noni ifodalaydi. Uning leksik ma’nosi 
borliqdagi ko`rish uchun yordamchi vosita sifatida ishlatiladigan optik vosita. Shu bilan birga 
ko`zoynak so`zshakli hamdir. So`z shakli sifatida bir qancha grammatik ma’nolarga ega. 
Birinchidan u ko`zoynak predmetining miqdoriy belgisini bildiradi: bitta yoki bir turlagi 
predmetlar sinfini ifodalaydi. Bu belgisi univg grammatik son ma’nosi sanaladi. Birlik sonning 
alohida va umumiy ma’nolari o`zaro dialektik bog`langan. Ksntekstda qo`llanilgan har qaysi 
alohida ma’no umumiy ma’noning bir qismi, bir tomonini ifodalaydi. Umumiy ma'no esa u yoki 


bu darajada alohida ma'nolarii o`zida birlashtiradi. Shuning uchun ham ko`zoynak so`zining 
tovush kompleksi kontekstga qarab konkret predmetni ham, predmetlar sinfini ham ifodalashi 
mukkin.Grammatik ma’no tilda o`zining doimiy ifodasiga ega bo`lgan, sintaktik qurilma, so`z 
shakllar qatoriga xos bo`lgan umumlashgan ma’nodir. Morfologiya doirasida so`z turkumlariga 
xos bo`lgan (masalan, otlarda "predmetlik", fe'llarda "jarayonlik" ma’nolari) umumiy ma’no 
shuningdek, ma’lum morfologik kategoriya ichidagi o`zaro zidlanuvchi so`z shakllarining 
xususiy ma’nolari (zamon, shaxs, kelishik) ana shunday umumlashgan ma’nolar sirasiga kiradi. 
Grammatik ma’no deganda faqat so`zning shakllari ma’nosigina emas, balki sintaktik 
birliklarning umumlashgan ma’nolari ham tushuniladi. Maealan, predikativlik, modallik, 
temarema tuzilishi va boshq. Grammatik ma’no sistemasida obyektiv borliqdagi predmetlar 
o`rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimimiz ong orqali aks etadi. Jumladan, harakat tushunchasi 
fe’lning umumiy ma’nosi va uning xususiy kategorial ma’nolari (zamon, nisbat, bo`lishli, 
bo`lishsizlik) orqali namoyon bo`ladi. Grammatik ma’no tildan tashqaridagi borliq predmetlar, 
hodisalar xususiyatlarini aks ettiruvchi no-sintaktik (referensional), maealan, miqdor, makon, 
zamon ma'nolari, shuningdek, gap va so`z birikmasi tarkibidagi so`z shakllarining aloqasini 
bildiruvchi sintaktik (relyasion) ma’nolarga bo`linadi. Masalan, bog`lovchili qurilmalardagi 
zidlovchilik, ayiruvchilik ma’nolari va boshq. Bundan tashqari, so`zlovchining fikr bildrayotgan 
voqea-hodisaga, yoki tinglovchiga bo`lgan turli xil subyektiv munosabatini aks ettiruvchi ma’no 
alohida xususiyatga ega. Maealan, subyektiv modallik, subyektiv baho, erkalash va boshq. 
Shunday qilib, grammatik ma’noni uch guruhga bo`lish mumkin: 
1) nosintaktik (referensional) 
2) sintaktik (relyasion) 
3) subyektiv 
Birinchi ma’noni turkumlovchi, ikkinchi ma’noni toifaviy (kategorial), uchinchi ma’noni 
esa notoifaviy (nokategorial) ma’nolar deb ham tasniflash mumkin.
2. Grammatik ma’no sistema sifatida morfologik ma’no va sintaktik ma’nolarni o`z ichiga 
oladi. Shunday ekan, u bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Shunga muvofiq ularni morfologik 
ma'no va sintaktik ma’nolarga bo`lish mumkin bo`ladi. Morfologiya morfologik shakllarning 
morfologik ma'nosi va sintaktik imkoniyatlarini o`rganladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin