O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


O‘zbek tili fonemalarining farqlovchi belgilari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
125398 (1)

O‘zbek tili fonemalarining farqlovchi belgilari 
Fonemaning farqlovchi elementlarini ajratishda sistema nuqtai nazaridan 
yondashilsa, o‘zaro ma’lum munosabatga kirishgan, har qaysisi o‘ziga xos 
xususiyatga ega elementlardan tashkil topuvchi bir butunlik yoki makrosistema 
(T.M.Lomtev fikriga ko‘ra, to‘plam) o‘zbek tilining barcha fonemalar sostavinn 
o‘z ichiga oladi. 
Bir butunlik yoki makrosistema o‘z ichida ayrim belgisi bilan umumiylikni 
hosil etgan va shu belgisi bilan boshqa shunday umumiyliklardan farqlanadigan 
kichik butunliklardan – mikrosistemalardan tashkil topadi. Masalan, undoshlar 
sistemasining o‘zi jarangsiz undoshlar, jarangli undoshlar va boshqalarga 
1
Зиндер Л.Р. Общая фонетика. – С.43. 


bo‘linadi. Shunday qilib, bir butundan uning eng kichik elementiga qadar tasnif 
qilish jarayoni ularning farqlovchi belgilari asosida olib boriladi. Eng kichik 
elementlarni butunliklarga kiritish jarayoni – sintezlash esa elementlar o‘rtasidagi 
integral belgilarga asoslanadi. Butunni turli belgilarga tayangan holda mayda 
bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir belgiga asosan har qaysi bo‘linish butun 
elementlarni o‘z ichiga olishi kerak. Masalan, o‘zbek tilida undoshlarning jarangli-
jarangsizlik belgisiga ko‘ra bo‘linishi barcha undoshlarii o‘z ichiga olsa, paydo 
bo‘lish o‘rniga ko‘ra bo‘linishi ham barcha undoshlarni o‘z ichiga olishi kerak.
1
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonologik sistemasida so‘z va morfema tarkibidagi 
shu sistemaga kiruvchi elementlarning farqlovchi belgilariga ko‘ra olti unli va 
yigirma uch undosh fonema ajratiladi. 
Unli fonemalar sistemasi 
Tilning uch darajadagi (yuqori, o‘rta va quyi) ko‘tarilish va lablanish-
labnanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy (konstitutiv) 
belgilari hisoblanadi. Unlilar qatori (old qator, o‘rta qator va orqa qator) so‘z shakl 
tarkibidagi pozitsiyaga bog‘liq belgi bo‘lgani uchun unlilarning asosiy belgilari 
qatoriga kirmaydi. 
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifini quyidagi jadvalda 
ko‘ring: 
Unli 
fonemalar 
Asosiy belgilari 
Tilning qo‘tarilish darajasi 
Lablanish belgisi bor-
yo‘qligi 
yuqori 
o‘rta 
quyi 
lablangan 
lablanmagan 

+
+

+
+
o‘ 
+
+

+
+

+
+

+
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra o‘zbek 
tilining unli fonemalari oppozitsiyasi «uch pog‘onali», lablanish belgisiga ko‘ra 
ikki sinfli to‘rtburchak sistemadir. 
Keng


o‘rta keng
(o‘rta tor) 
o‘ 

tor
u

Lablanish belgisi tor unlidan keng unliga qarab kuchsizlanib boradi: u – 


kuchli lablangan, o‘ – kuchsizroq lablangan, o – o‘ta kuchsiz lablangan. 
Yuqoridagi unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra bo‘linishida (o, 
a: o‘, e: u, i:) kenglik, o‘rta kenglik, torlik belgilari shu mikrostruktura elementlari 
uchun birlashtiruvchi, mikrostrukturalar uchun esa farqlovchi belgi rolini o‘ynaydi. 
Bu unlilar bir belgiga asoslangan quyidagi teng huquqli oppozitsnyalarni hosil 
qilishi mumkin: lablanish belgisining bor-yo‘qligiga ko‘ra: (o-a, o‘-e, i-u), 
kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra umumiy, lablanish belgisiga ko‘ra farqli 
belgiga ega, kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra: o (kompakt, ochiq), u (diffuz, 
yopiq), a (komlakt; ochiq), i (diffuz, yopiq), shu bilan birga, mazkur ikki 
oppozitsiya a’zolari o‘rta ko‘tarilish (yarim ochiq, yarim yopiq) unlilariga, bir 
tomondan, «kompakt-kompakt emaslik», ikkinchi tomondan, «diffuz-diffuz 
emaslik» belgisiga ko‘ra oppozitsiyaga kirishadi: 
o (kompakt) – u (kompakt emas) 
a (kompakt) – o (kompakt emas) 
i (diffuz) – e (diffuz emas) 
u (diffuz) – o‘ (diffuz emas). 
Unlilarning yuqoridagidek oppozitsiyasini A.M.Shcherbak shunday aks 
ettiradi.
1
a – e, 
e – i
lablanmagan (oddiy tonnalik) 
o – o‘, 
o‘ – u 
lablangan (bemol’ tonnalik) 
ochiq 
yopiq 
yarim 
yarim 
ochiq 
yopiq 
A.A.Abduazizov o‘zbek tili unlilarining ikki farqlovchi belgisiga ko‘ra ham 
oppozitsiyasini ko‘rsatadi.
2
Bunga asosan, unlilar quyidagicha oppozitsiyaga 
kirishadi:
(i-u) yopiq,
 
lablanmagan – yarim yopiq, lablangan: 
(i-o) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan)
(e-o) yarim yopiq, lablanmagan – ochiq, lablangan)
(a-u) ochiq, lablanmagan – yopiq, lablangan) 
(a-u) ochiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan) 
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili unlilarining bir belgi asosida farqlanuvchi uchta 
oppozitsiyasi, ikki belgi asosida farqlanuvchi oltita (unda lablanish belgisi bilan 
tilning ko‘tarilish darajasi belgisi birga olinadi) jami 9 ta unlilar oppozitsiyasi 
mavjud. Agar lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish belgisi alohida olinsa, 
o‘zbek tilida 13 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin