-ets (gor – gorets, kup – kupets, ogur – ogurets), -
k (ruch – k – a, trop – k – a, poch – k – a, prob – k – a).
Morfonema tushunchasi turkologiyaga ham kirib keldi. Xususan, M.Zakiev
mazkur tushunchani yoqladi, an’anaviy alternatsiyalarni pozitsion
10
Реформатский А.А. Фонологические этюды. – М., 1975. – С.116 – 118; яна қаранг: История
советского языкознания. Хрестоматия. – М., 1981.
11
Бернштейн С.Б. Кўрсатилган асар. – С.59.
12
Чургунова В.Г. Кўрсатилган асар. – Б.37 – 38.
almashinuvlardan ajratmagan holda almashinuvchi fonemalar kompleksini
morfonema deb hisoblaydi.
13
A.A.Abduazizov esa A.A.Reformatskiyning fikrini quvvatlab, quyidagilarni
yozadi: «Morfonologiya grammatikaga ham, fonologiyaga ham kirmaydi, lekin
ularning birligi bo‘lgan fonema va morfemadan foydalanadi. Ba’zi tilshunoslar
tomonidan taklif etilgan «morfonema» termini (G.Ulashin, N.S.Trubetskoy va h.k.)
o‘z kuchini yo‘qotadi, chunki u fonemalarning morfemalardagi almashuvi
(masalan, «ruka – ruchka»da k(ch) natijasida bir yo‘la ikki fonemaga to‘g‘ri
keladi».
14
Darhaqiqat, fonema variantlari morfema tarkibida uni tashkil etuvchi eng
kichik birlik sanalar ekan va fonema konkret morfema va so‘zlar tarkibida turli
variatsiyalarga uchrar ekan (Moskva fonologik maktabi konsepsiyasi bo‘yicha),
demak, morfema va so‘z tarkibidagi har qanday tovush almashinuvlari fonemalar
doirasida yuz beradi. Tilshunoslikda hamma sathlarning o‘z birligi bo‘lishi shart
emas. Masalan, morfonologiyadan tashqari, so‘z yasalishi ham ikki sath birliklari
(yasalish usuli morfemika bilan bog‘liq bo‘lsa, yasalma leksema sifatida
leksikologiyaning, so‘zforma sifatida morfologiyaning tekshirish ob’ekti bo‘ladi)
bilan ish ko‘radi.
Shunday qilib, hozirgi kunda til strukturasining fonologiya bilan morfemika
sathlari oralig‘ida morfonologiya sathining mavjudligi ko‘pchilik tilshunoslar
tomonidan tan olindi. A.A.Abduazizov ta’kidlaganidek, morfonologiyani alohida
til bosqichi deb hisoblab, unga tegishli barcha xususiyatlarni o‘rganish tilning ichki
strukturasidagi ba’zi payqalmay qolgan alomatlarni aniqlashda katta yordam
beradi.
Grammatikaning boshqa bo‘limlari singari morfonologiya ikki asosiy
ma’noda qo‘llanadi: birinchidan, ma’lum qurshovda morfema tarkibidagi har
qanday fonologik o‘zgarish holatlari yoki o‘zgarish sistemasi; ikkinchidan, shu
o‘zgarishlarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Har qanday o‘zgarishni tovushlar,
fonemalar yoki fonemalar kompleksining almashinuviga kiritish mumkin. Shuning
uchun morfonologiyaning asosiy o‘rganish ob’ekti sifatida almashinuvchi
tovushlar, fonemalar, fonemalar kompleksi qaralishi lozim.
Tilshunoslikning boshqa bo‘limlarida o‘rganilmaydigan quyidagi masalalar
morfonologiyada o‘rganilishi kerak:
1.
So‘z va bo‘g‘inning fonologik strukturasi.
2.
So‘z va morfemaning ma’lum qurshovdagi variatsiyalari:
a) agglyutinatsiya jarayonida almashinuvlar. Singarmonizm;
b) kompozitsion so‘z yasalishi va analitik forma yasalish jarayonidagi fonetik
o‘zgarishlar. Aksent – ritmik strukturaning o‘zgarishi;
v) reduplikatsiya jarayonidagi fonetik o‘zgarishlar. O‘zak qisqaruvi.
13
Закиев М. О тюркской морфологии // Советская тюркология. 1984. №1.
14
Ўша ерда.
|