orfoepiyasida o‘z
holicha talaffuz qilinsa-da, ammo keksa avlod tilida qator
undoshlar oldidan yoki undoshlar oralig‘iga bir unli orttirish bilan o‘zbek
tilining
o‘ziga xos qonuniyatiga moslashtiriladi.
Turkiy so‘zlar o‘zak morfemalarining oxirida qator undoshlarning kelishi
xarakterli emas (SGSS, GSS tipi). Hozirgi o‘zbek tilining o‘z
ichki taraqqiyoti
natijasida bir qator so‘zlarda o‘zak morfemalar oxirida qator undoshlar uchraydi.
Bunday struktura SGS va GS strukturali o‘zak morfema va GS strukturali affiks
morfemaning kontaminatsiyasi natijasida ikkilamchi
struktura sifatida vujudga
kelgan.
19
Boshqa tillardan so‘z qabul qilish natijasida esa bunday so‘zlar miqdori
orta boradi. Hozirgi o‘zbek tilida besh yuzga yaqin bir bo‘g‘inli so‘z
oxirida
undoshlarning 139 xil qator kelish hollari uchraydi. Mazkur so‘zlar genetik
tomondan ikki guruhga: 1) o‘z qatlam; 2) o‘zlashgan qatlamga mansubdir.
Hozirgi o‘zbek tilida o‘z qatlamga mansub bir bo‘g‘inli o‘zak
morfema
auslautida
Dostları ilə paylaş: