O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
125398 (1)

a-ә), ы-i, o-ö, u-ÿ 
va affikslar tarkibida unlilarning ikki 
asosiy tipini – keng 
a (ә) 
va tor 
ы (i) 
unlilari mavjudligini ko‘rsatadi. 
N.S.Trubetskoy ham turkiy tillardagi unlilar garmoniyasini e’tiborga olgan 
holda, yuqoridagidek sakkizta fonologik qimmatga ega unlilar sistemasi 
mavjudligini va ular faqat birinchi bo‘g‘in uchungina xos (relevant) ekanini, 
keyingi bo‘g‘inlar unlisining tembr belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in unlilari ostida 
ularga 
muvofiqlashuvini, 
demak, 
tembr 
oppozitsiyasi 
neytrallashuvini 
ta’kidlaydi.
26
Shunday 
qilib, 
V.A.Bogoroditskiy 
va 
N.S.Trubetskoy 
asarlarida 
singarmonizm tabiati izchil nazariy talqinini topdi. Singarmonizm haqidagi keyingi 
ishlarning vujudga kelishida mazkur asarlar nazariy asos rolini o‘tadi.
27
Turkiy 
tillardagi 
singarmonizmga 
bag‘ishlangan 
yangi 
tadqiqotlar 
singarmonizmning faqat unlilarga emas, undoshlarga ham ta’sir etadigan hodisa 
ekanini ko‘rsatdi.
28
Unlilar garmoniyasi asosiy, undoshlar garmoniyasi esa unga 
ergashuvchidir. 
Demak, turkiy so‘zlar unlilar garmoniyasi bilangina emas, undoshlar 
garmoniyasi bilan ham «sementlanadi». Unli va undoshlarning o‘zaro tembral 
muvofiqlashuvi so‘zga teng bo‘lgan bir umumiy kompleksni tashkil etadi. 
Singarmonizm turkiy so‘zlarni shakllantiruvchi, uning butunligini ta’minlovchi, 
nutq oqimida so‘z chegarasini ko‘rsatuvchi vositadir. Bu jihatdan leksik 
singarmonizm leksik urg‘u bilan funksiyadosh. Chunki leksik urg‘u ham xuddi shu 
funkiyalarni bajaradi. Turkiy tillarda ham so‘zlar urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlardan 
tashkil topadi, urg‘u ekspirator xarakterga ega bo‘lib, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga 
24
Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. – Л., 1970. – С.65. 
25
Е.П.Поливанов туркий тилларда ҳам лексик урғу дастлаб сўзнинг биринчи бўғинига тушганини 
тахмин қилади. Қаранг: Вопросы восточного стихосложения. – М., 1963. – С.100. 
26
Трубецкой Н.С. Основы фонологии. –– М., 1960. С.118. 
27
Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. –– М., 1984. С.436. 
28
Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. - Тошкент, 1982. Б. 11; Кязимов Ф. Принцип 
сингармонизма в азербайджанском языке. – М., 1954. Т.13. Вып.1. – С.94; Джунусбеков А. 
Сингармонизм в казахском языке. – Алма-ата, 1980. – С.73. 


qarab ko‘chib yuradi. 
Turkiy tillarda so‘zni shakllantiruvchi va uni bir-biridan ajratuvchi vosita 
sifatida singarmonizm va urg‘u ishlatilar ekan, ularning qaysisi bu funksiyani 
bajarishga asosiy aksent vosita hisoblanadi yoki ikkisi ham funksional teng 
huquqlimi, degan savolga, turkiy tillar tadqiqotchilari turlicha javob beradilar. 
Xususan, A.Junusbekov singarmonizm va leksik urg‘uning funksional bir xilligi 
qozoq tilida keyingisining mavjud bo‘lishini inkor qiladi, deydi. U qozoq tilida 
asosiy komponenti cho‘ziqlik bo‘lgan ritmik urg‘uning mavjudligini ko‘rsatadi. 
Turkiy tillarda ham boshqa har qanday tilda bo‘lgani kabi bir qancha prosodik 
vositalar mavjud bo‘lib, ularning biri asosiy, qolganlari qo‘shimcha, fakultativ 
hisoblanadi. Bir qator turkiy tillarda singarmonizm asosiy, leksik urg‘u esa 
fakultativ prosodik vosita sanaladi. Singarmonizm izchil bo‘lgan turkiy tillarda 
urg‘uning roli kuchsiz, aksincha, singarmonizm qonuniyati buzilgan tillarda esa 
urg‘uning roli kuchli bo‘ladi.
29
O‘zbek tili uchun singarmonizm o‘tkinchi hodisa bo‘lgani sababli bu tilda 
anglash (perseptiv) va ajratish (delimitativ) funksiyasini leksik urg‘u bajaradi. 
Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda bo‘lgan hodisaning qoldig‘i 
sifatida ko‘zga tashlanadi. 
O‘zbek tilida ayrim affiksal morfemalarning bir necha palatal (old qator va 
orqa qator) va akustik (jarangli va jarangsiz) allomorflari mavjud. Mazkur 
allomorflar o‘zak morfemaning fonetik xususiyatiga mos holda qo‘llaniladi. 
Demak, bu hodisa morfonologiyaning o‘rganish ob’ektidir. Masalan, jo‘nalish 
kelishigining -

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin