tosh «tosh», teshi «toshi». Ikkinchi turida birinchi bo‘g‘inning keng lablanmagan unlisi keyingi bo‘g‘inning
lablangan unlilari ta’sirida lablashadi. Masalan, Paxtaobod shevasida
to‘mur «temir», qo‘shiq «qoshiq» va boshq.
Uchinchi turida og‘izning ochilish darajasi o‘zgaradi. Keyingi bo‘g‘inning tor
i unlisi ta’sirida birinchi bo‘g‘inning old qator keng unlisi o‘rta keng unliga
aylanadi. Masalan, uyg‘ur tilida
kesish (kasish); u, o‘ ta’sirida
o, o unlilari ham
torayishi mumkin. Masalan:
moshuk – mushuk, chonqur – chunqur – chuqur). 31
Umlaut barcha turkiy tillarda ma’lum darajada uchraydi. Umlaut
singarmonizmga teskari proporsional bo‘lib, turkiy tillarda nisbatan keyingi
hodisadir.
Ayrim tilshunoslarning
fikriga ko‘ra, umlaut assimilyatsiyaning keng
rivojlanishi va o‘ziga xos urg‘u zaminida vujudga kelgan. Ye.D.Polivanov fikricha,
umlautning kelib chiqishi singarmonizmning kuchsizlanishi bilan bog‘liq.
32
A.M.Shcherbak esa assimilyatsiya jarayoni yo‘nalishining o‘zgaruvi
natijasida yuzaga kegan bo‘lishi kerak deydi. Bunga morfologik elementlarning
unifikatsiyasi qulay imkoniyat yaratgan.
33
B. Kompozitsion so‘z yasalishi va analitik shakl yasalishi jarayonidagi almashinuvlar Aksent-ritmik tuzilishining o‘zgaruvi Kompozitsion so‘z yasalishi va funksional forma yasalishi jarayonida
komponentlar leksik
- grammatik va intonatsion bir butunlikni tashkil etadi.
Komponentlarning bir butunligini ta’minlashga urg‘u, bir qator morfonologik
jarayonlar: tovush almashinuvi, fonetik qayta bo‘linish kabi hodisalar xizmat
qiladi.
Qo‘shma so‘z va so‘zning analitik formasi tarkibiga kirgan komponentlar bir
umumiy birlashtiruvchi urg‘u ostida birlashadi. Bunday urg‘u ikkinchi
komponentning oxirgi bo‘g‘inida bo‘ladi. Asosiy urg‘uli bo‘g‘indan oldingi
bo‘g‘inlar ikkinchi va uchinchi darajali urg‘ularga ega.
34
Shunga muvofiq, asosiy
urg‘uli bo‘g‘indan boshqa bo‘g‘inlarning barcha intonatsion gradatsiyasi