Morfonologiyaning alohida sath birligi sifatida ajiralishiga bo`lgan munosabatlar
Morfonologik al`ternatsiyalar. Morfonema
Morfonologiya (morfofonologiya, fonomorfologiya) tilshunoslikning bir boʻlimi boʻlib, u fonologiya bilan morfologiya oʻrtasidagi aloqalarni oʻrganadi, fonologik zidlanishlarning morfologik tafovutlarni ifodalashdagi qoʻllanishini, bunday qoʻllanishning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, rus tilida voda soʻzi joʻnalish kelishigida vodeshakliga kiradi; natijada shu soʻzning bosh va joʻnalish kelishiklaridagi grammatik ma’nolari oʻzgaradi, bunday oʻzgarish bosh kelishikdagi "-a" morfemasining "e" morfemasi bilan, oʻzakdagi qattiq "d" fonemasining esa yumshoq "d" fonemasi bilan alamashinuvi orqali ifodalanadi .
N. S. Trubeskoyning fikricha, morfonologiya ta’limoti quyidagi uch nazariyani oʻz ichiga olishi kerak:
1. Morfemalarning fonologik tuzilishi haqidagi nazariyani.
2. Morfemalarning oʻzaro birikishi natijasida ularning fonetik tarkibida yuz berishi mumkin boʻlgan kombinator oʻzgarishlar haqidagi nazariyani.
3. Morfologik funksiya bajaradigan tovush almashinuvi haqidagi nazariyani .
Bizga ma`lumki morfonema o`zak bilan afiksal morfemaning birikuvi natijasida hosil bo`ladi, morfologik ma`no ifodalaydi, morfonologik al`ternatsiyalarda qatnashadigan alternat fonemalar guruhi hisoblanadi. Masalan:
Bizga ma`lumki morfonema o`zak bilan afiksal morfemaning birikuvi natijasida hosil bo`ladi, morfologik ma`no ifodalaydi, morfonologik al`ternatsiyalarda qatnashadigan alternat fonemalar guruhi hisoblanadi. Masalan: