Fe'llarda morfonologik al'ternatsiyalar O'zbek tilidagi fe'llarda ayrim affikslar yordamchi fe'llardan kelib chiqqandir: keta-ber>ketaver (berg`-ver) kabi. Bundagi bg`v almashuvi "b"ning intervokal holatga tushib qolishi bilan izohlanadi. Demak, bu al'ternatsiya fonetik jihatdan shartlangandir. Fe'llarda morfonologik al'ternatsiyalarga misollar Fe'lning orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi -gaz (ko'rgaz) affiksining -kaz (etkaz), -qaz (o'tqaz), -kiz (ketkiz), -qiz (tutqiz), -giz (kirgiz), -g'iz (turg'iz), -g'az (yurg'az) kabi allomorflari bor: "-gaz"ning funksional varianti sifatida "-kar" va "-kir" ham uchraydi: o'tkaz-o'tkar, chiqaz-chiqar, yetkaz-etkir kabi. Sifatlardagi morfonologik al'ternatsiyalar Fe'l Q "-gir" modelida yasalgan sifatlarda "-gir" morfemasining "-kir", "-qir", "-g'ir" allomorflari uchraydi: sezgir-o'tkir-chopqir-olg'ir. Bularda g-k-q-g' al'ternatsiyasi mavjud. Fe'l q "-kin" modelida yasalgan sifatlarda "-kin" morfemasining -qin, -g'ing`-g'un allomorflari uchraydi: keskin-jo'shqin-ozg'in kabi. Bularda k-q-g' undoshlari almashinuvi mavjud. Ozg'in-turg'un sifatlaridagi arxaik morfemalarida esa i-u almashinuvi bor. Sifatlardagi morfonologik al'ternatsiyalarga misollar Fe'l Q "-k (-ik)" modelida yasalgan sifatlarda -k (-ik) morfemasining quyidagi allomorflari uchraydi: -q (oqsoq), -iq (siniq), -uk (suzuk), -uq (buzuq), -ug' (yorug') kabi. Bunda fe'l a tovushi bilan tugagan bo'lsa, a tovushi "o"ga o'tadi: yaltira-qg`yaltiroq, oqsa-qg`oqsoq, yumsha-qg`yumshoq kabi. Fe'l yasovchi "-kin" affiksining -kun, -qin, -g'in, -g'un allomorflari ham bor: tushkun, jo'shqin, ozg'in, turg'un kabi. Bularda k-q-g', i-u almashinuvi mavjud. Sonlardagi morfologik al'ternatsiyalar -Ov morfema vositasida yasalgan jamlovchi sonlarda o'zak oxiridagi "i" unlisi tushib qoladi: ikki-ovg`ikkov, olti-ovg`oltov, yetti-ovg`ettov kabi. Bu hodisa, asosan, beshgacha bo'lgan sonlarda yuz beradi. O'zakka -ovlab, -ovlashib, -ovlon qo'shma affikslari qo'shilganda ham o'zakdagi "i" tushib qoladi: ikkovlab, ikkovlashib, ikkovlon; beshovlab, beshovlashib, beshovlon kabi. Ellik (sanoq son) va elliginchi (tartib son)larda intervokal holatga tushgan "k" undoshi jarangli "g" bilan almashadi.
Dostları ilə paylaş: |