TIL VA NUTQ MUNOSABATI O`q ildizi o`rta asr arab tilshunisligida keng o`rganilgan paradigmalarga borib taqaladigan, Yevropa
tilshunoligida dastlab V.Gumboldt tomondan ilgari surilgan, lekin F.Sossur va uning izdoshlari (jumladan, Praga
lingvistik to`garagi ) asarlari orqali ommalashgan
til - nutq dixotomiyasi funksional lingvistik tadqiq usuliga (Praga
strukturalizmiga) dialektik tahlil tamoyillarining ongli va izchil tatbiqi samarasi bo`lgan o`zbek substansial (formal-
funksional) tilshunosligida /1: / bir muncha boshqacha talqinga ega. Bunda
Lison-Me`yor-Nutq munosabati dialektik
umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (
UMIS )ning ma`lum bir sharoitga - nutq sharoitiga (
NSh ) - mos ravishda
muayyan moddiy shakl qabul qilgan holda
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (
YAHVO ) sifatida voqelanishi
qonuniyatlari asosida sharhlanadi. Bunda
lison va
lisoniy birliklar UMIS,
nutq va
nitqiy birliklar YAHVO dialektik
tabiatiga ega bo`ladi va shu nuqtayi nazardan turib tavsif va tahlil etiladi.
Til lison, me`yor va nutq ning dialektik butunligi (majmuasi) bo`lib, uning bosh ichki ziddiyati unda atash
(nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarning dialektik birligidadir. Atash vazifasi ramziy tizim umumiy
qonunlariga mos ravishda shakl va mazmun simmetriyasini talab qilsa, ifoda vazifasi, aks hodisani talab qilib,
tilning nisbatan barqaror, lekin ayni zamonda rivojlanuvchan, moslashuvchan, xilma-xil me`yorliligini (har bir
voqelanish sohasining o`z me`yorlariga molikligiini) talab qiladi.
Lison UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra, ko`pqavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi
muhit ta`siriga o`ta sezgir, o`zgarish, rivojlanish va moslashish immanent qobiliyatini o`z ichida
mujassamlashtirgan murakkab qurilishli iyerarxik sistemadir. Uning
barqarorligi asosi
-sathlar ichida lisoniy birliklarning uzluksiz nisbiy markaz-qurshov giponimik pog`onaviylik aloqalar bilan
bog`lanishida,
-sathlardagi har bir pog`ona doirasida birliklarning o`zaro biror oppozitiv munosabatlarda turishida va
nisbiy butunliklarga birikishida bo`lsa,
bu sistemaning immanent