1. So‘z va bo‘g‘in tuzilishi So‘z tuzilishi Turkiy tillar arxitektonikasi uning o‘zak morfemasining bir bo‘g‘inliligi bilan
xarakterlanadi.
15
Bir bo‘g‘inli o‘zak morfemalar to‘rt xil fonetik strukturada
uchraydi: undosh + unli + undosh (SGS), undosh + unli (SG), unli (G). O‘zak
morfemaning bunday fonetik strukturalaridan qaysi biri birlamchi ekani masalasida
turkologlar o‘rtasida bir xillik yo‘q. Xususan, N.A.Baskakov qadimgi turkiy
o‘zaklar bir bo‘g‘inli va uch tovushli (SGS) bo‘lganini, o‘zakning boshqa fonetik
strukturalarini birlamchi SGS tipidagi o‘zakdan kelib chiqqanini ta’kidlaydi.
N.A.Baskakov fikrini Sh.X.Oqboev, Sh.Shoabdurahmonov va A.Ishaev ham
ma’qullaydilar.
16
B.M.Yunusaliev fikricha, qadimgi turkiy o‘zaklarning birlamchi fonetik
strukturasi SG tipida bo‘lgan. SGS strukturadagi uchinchi undosh grammatik
funksiya bajargan.
17
Shunday fikr A.Ye.Kononov tomonidan ham ta’kidlanadi.
18
Qadimgi turkiy o‘zaklarning anlauti masalasi, darhaqiqat, qadimgi bir
bo‘g‘inli o‘zaklarning fonetik strukturasiga nazar tashlansa, unli bilan boshlangan
o‘zaklar juda oz qismni tashkil etadi. Masalan, A.M.Shcherbakning turkiy tillar
qiyosiy fonetikasiga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan qadimgi turkiy bir bo‘g‘inli
so‘zlar lug‘atida jami 473 ta o‘zak keltiriladi. Shulardan 408 tasi undosh bilan,
faqat 81 tasi unli bilan boshlanadi. Demak, unli bilan boshlangan so‘z atigi 17
foizni tashkil qiladi, xolos. Bu esa N.A.Baskakovning fikrida jon borligini
ko‘rsatadi.
Hozirgi o‘zbek tilida SGS tipidagi turkiy o‘zak morfemalar anlautida
ng undoshidan boshqa barcha undosh fonemalar kela oladi. Masalan,
bor – b, tor – t, zor – z, nor – n, kor – k, yor – y, sol – s, xol – x, hol - h, lol – l, mol – m, pol – p, chol – ch, shol – sh, fol – f va boshqalar (qadimgi turkiy til anlautida esa l va r
sonorlari ham kelmaydi. Bunday undoshlar bilan kelgan so‘zlar ham o‘zlashgan
qatlamga mansubdir).
Demak, o‘zbek tilida so‘z boshida