O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


rs, rk, rq, rch, rt, lk, nch, lt, yt, st, ks



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
125398 (1)

rs, rk, rq, rch, rt, lk, nch, lt, yt, st, ks 
singari tovushlarning qator 
kelish holatlari uchraydi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani 
rs 
(o‘ndan ortiq taqlidiy 
so‘z o‘zagida),
nch 
(yigirmadan ortiq so‘z o‘zagida), 
rk 
(o‘ndan ortiq so‘z 
o‘zagida), 
lt, rk, rt, ln 
(o‘nga yaqin so‘z o‘zagida), 
lk 
(o‘nga yaqin so‘z o‘zagida) 
kabi undoshlardir. 
Bu qator undoshlaridan har biri ma’lum so‘z kategoriyasi bilan 
chegaralangan. Ya’ni 
rt, nt 
qator undoshlari ko‘proq fe’l tarkibida
nch, rk, rch, st 
qator undoshlari ot (imena) tarkibida; 
rk, rs, lt, sht 
qator undoshlari esa tasviriy 
so‘zlar tarkibida keladi. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘z leksikasiga oid o‘zaklar oxirida kelgan ko‘pgina qator 
undoshlarda birinchi o‘rinda 
y, l, n, r 
kabi sonor undoshlar va ikkinchi o‘rinda 
jarangsiz undoshlar bo‘ladi. O‘z leksikaga oid bunday o‘zak morfema fonetik 
strukturasi og‘zaki nutqda ham to‘laligicha talaffuz qilinadi (ayrim o‘zbek 
shevalari bundan mustasno). Masalan, mankent shevasida 
tot 
(adab.orf.tort), Uychi 
shevasida 
qut 
(adab.orf.qurt) va boshq. 
Hozirgi o‘zbek tilida auslautda 
nd, hd, hs, rg, sht, jh, ft
kabi qator undoshlar 
kelgan bir bo‘g‘inli o‘zak morfemalar asosan 
o‘zlashgan
qatlamga mansubdir 
(fors-tojik, arab tillariga). Og‘zaki nutqda ko‘pincha auslautdagi yuqoridagidek 
qator undoshlardan biri talaffuz etilmaydi (ko‘proq oxirgi undosh tushib qoladi: 
rg, 
hs
bundan mustasno). Masalan, 
go‘sh (go‘sht), mush (musht), sus (sust), pas 
(past) 
va boshq. Ba’zan affiksal morfemalar ham o‘zakning shu variantiga 
qo‘shiladi: 
pas (t) + ay – pasay 
(pastay emas),

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin