O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
125398 (1)

 sus (t) + ay – susay 
(sustay emas) 
va h.k. 
O‘zbek tilida ham boshqa turkiy tillardagi kabi, unlilar haqida gap ketganda, 
uning bir bo‘g‘inli so‘zlarda qo‘llanishi bilan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi va 
keyingi bo‘g‘inlarida qo‘llanishini farqlash lozim.
20
Chunki bir bo‘g‘inli so‘z unlisi 
barqaror va sifat jihatidan mustaqil xususiyatga ega. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning 
19
Бундай қатор ундошларнинг ҳосил бўлиш йўллари ҳақида қаранг: Нурмонов А. Принцип 
экономии в фонетических изменениях узбекского языка. Автореф... канд. филол. наук. – Ташкент, 
1973. – С.52 – 61; СГСС типидаги структуранинг иккиламчи структура эканини А.М.Щербак ҳам 
таъкидлайди. Қаранг: Щербак А.М. Сравнительная фонетика... – С.109. 
20
Щербак А.М. Кўрсатилган асар. – Б.26. 


unlilari esa ma’lum ma’noda beqarorlik xarakteriga, singarmonizm va umlaut 
ta’sirida oldindan sintagmatik belgilanish xarakteriga ega. 
Shuning uchun bir bo‘g‘inli so‘zlarda (ayniqsa, ochiq bo‘g‘inda) unli 
fonemalar o‘zlarining sifat va miqdor belgilarini namoyish qiladi. Demak, o‘zbek 
tili unlilar sistemasi mazkur sharoitga qarab belgilanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bir 
bo‘g‘inli o‘zak morfemalar tarkibida o‘zbek tilidagi barcha unlilar qo‘llaniladi. 
Affiks morfemalar tuzilishi 
 
O‘zbek tili affiks morfemalarining fonetik (fonologik) strukturasi ham o‘zak 
morfemalar strukturasi kabi quyidagi tiplarga ega: undosh + unli + undosh (-qiz: 
yotqiz, -qar: boshqar), (unli) + undosh (-m: bolam, -im: boshim), undosh + unli (-
qi: chopqi, -gi: kuzgi), unli (-a: yasha, -i: boyi). Bulardan unli + undosh, ya’ni (G) 
S tipi o‘zak morfema auslautidagi fonema xarakteridagi (unli yoki undosh ekaniga) 
ko‘ra ikki variantli, ya’ni bir morfemalarning ikki allomorfi holida reallashadi: unli 
bilan tugagan o‘zak morfemaga S, undosh bilan tugagan o‘zak morfemaga GS 
varianti qo‘shiladi. 
Affiks morfemalarni shakllantiruvchi unli fonemalar cheklangan. Bunday 
morfemalar tarkibida faqat 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin