unlilari esa ma’lum ma’noda
beqarorlik xarakteriga,
singarmonizm va umlaut
ta’sirida oldindan sintagmatik belgilanish xarakteriga ega.
Shuning uchun bir bo‘g‘inli so‘zlarda (ayniqsa, ochiq bo‘g‘inda) unli
fonemalar o‘zlarining sifat va miqdor belgilarini namoyish qiladi. Demak, o‘zbek
tili unlilar sistemasi mazkur sharoitga qarab belgilanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bir
bo‘g‘inli o‘zak morfemalar tarkibida o‘zbek tilidagi barcha unlilar qo‘llaniladi.
Affiks morfemalar tuzilishi
O‘zbek tili affiks morfemalarining fonetik (fonologik) strukturasi ham o‘zak
morfemalar strukturasi kabi quyidagi tiplarga ega: undosh + unli + undosh (-qiz:
yotqiz, -qar: boshqar), (unli) + undosh (-m: bolam, -im: boshim), undosh + unli (-
qi: chopqi, -gi: kuzgi), unli (-a: yasha, -i: boyi). Bulardan unli + undosh, ya’ni (G)
S tipi o‘zak morfema auslautidagi fonema xarakteridagi (unli yoki undosh ekaniga)
ko‘ra ikki variantli, ya’ni bir morfemalarning ikki allomorfi holida reallashadi: unli
bilan tugagan o‘zak morfemaga S, undosh bilan tugagan o‘zak morfemaga GS
varianti qo‘shiladi.
Affiks morfemalarni shakllantiruvchi unli fonemalar cheklangan.
Bunday
morfemalar tarkibida faqat
Dostları ilə paylaş: