rs, rk, rq, rch, rt, lk, nch, lt, yt, st, ks singari tovushlarning qator
kelish holatlari uchraydi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani
rs (o‘ndan ortiq taqlidiy
so‘z o‘zagida),
nch (yigirmadan ortiq so‘z o‘zagida),
rk (o‘ndan ortiq so‘z
o‘zagida),
lt, rk, rt, ln (o‘nga yaqin so‘z o‘zagida),
lk (o‘nga yaqin so‘z o‘zagida)
kabi undoshlardir.
Bu qator undoshlaridan har biri ma’lum so‘z kategoriyasi bilan
chegaralangan. Ya’ni
rt, nt qator undoshlari ko‘proq fe’l tarkibida;
nch, rk, rch, st qator undoshlari ot (imena) tarkibida;
rk, rs, lt, sht qator undoshlari esa tasviriy
so‘zlar tarkibida keladi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘z leksikasiga oid o‘zaklar oxirida kelgan ko‘pgina qator
undoshlarda birinchi o‘rinda
y, l, n, r kabi sonor undoshlar va ikkinchi o‘rinda
jarangsiz undoshlar bo‘ladi. O‘z leksikaga oid bunday o‘zak morfema fonetik
strukturasi og‘zaki nutqda ham to‘laligicha talaffuz qilinadi (ayrim o‘zbek
shevalari bundan mustasno). Masalan, mankent shevasida
tot (adab.orf.tort), Uychi
shevasida
qut (adab.orf.qurt) va boshq.
Hozirgi o‘zbek tilida auslautda
nd, hd, hs, rg, sht, jh, ft kabi qator undoshlar
kelgan bir bo‘g‘inli o‘zak morfemalar asosan
o‘zlashgan qatlamga mansubdir
(fors-tojik, arab tillariga). Og‘zaki nutqda ko‘pincha auslautdagi yuqoridagidek
qator undoshlardan biri talaffuz etilmaydi (ko‘proq oxirgi undosh tushib qoladi:
rg, hs bundan mustasno). Masalan,
go‘sh (go‘sht), mush (musht), sus (sust), pas (past) va boshq. Ba’zan affiksal morfemalar ham o‘zakning shu variantiga
qo‘shiladi:
pas (t) + ay – pasay (pastay emas),