ga, -
ka, -
qa, -
g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning har qaysisining
qo‘llanadigan shart-sharoitlari bor. Shuningdek, chiqish kelishigi (-dan, -tan)
akustik variantlarga (-gan, -gacha, -gina, -guncha kabi affikslar palatal va akustik
variantlarga ega:
o‘simlikka, xalqqa, boqqa; tikkan, uqqan, tekkani, chiqqani, qishloqqacha, tekkuncha, boqquncha va boshq.) ega, ammo bunday xususiyatlar
barcha affikslar uchun xos emas. Xususan, jo‘nalishdan boshqa kelishik formalari
palatal allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator
variantlariga ega emas.
Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin.
Masalan,
-ik (kichik); -iq (qiliq); -ki (tepki, kechki); -qi (qichitqi); -kir (o‘tkir, keskir); -qir (topqir, chopqir); -kich (-gich) (suzgich, bilgich, ko‘rsatkich); - qich (bosqich, qisqich); -k (elak, bezak); -q (sanoq, taroq) va boshq.
Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida libial garmoniyaning ham qoldig‘i
uchraydi: masalan,
ulug‘, buyuk, ulush, uchqun, turg‘un, guvur -
guvur, yugur, bug‘u, tuyg‘u va boshq.
Biroq singarmonizmning mazkur ikki ko‘rinishi ham hozirgi o‘zbek tili uchun
qadimgi qonuniyatlarning izi, xolos. O‘zbek tilining ayrim shevalarida, masalan,
Namangan shevasida singarmonizmning boshqacha ko‘rinishi – affikslarning o‘zak
fonetik xususiyatiga moslashishi emas, balki o‘zak unlilarining affiks unlilari
xarakteriga moslashishi, ya’ni oldiga emas, orqaga qarab moslashish kuzatiladi.
Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek
29
Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. – С.439.
tilining Namangan
30
va Paxtaobod shevasiga xosdir. Umlautning uch ko‘rinishi –
palatal, labial, lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi bo‘g‘inning orqa
qator keng unlisi keyingi bo‘g‘indagi tor lablanmagan unli ta’sirida old qator
unliga aylanadi. Masalan, Namangan shevasida