O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


- tipologik o‘rganish  natijalari singarmonizm faqat turkiy, fin -



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
125398 (1)

-
tipologik o‘rganish 
natijalari singarmonizm faqat turkiy, fin
-
ugor tillariga xos ekanini ko‘rsatadi. 
Turkiy tillardagi mazkur nodir hodisa faqat turkologlarning emas, bir qator 
umumiy tilshunoslik mutaxassislarining ham diqqatini jalb etdi. 
A.A.Reformatskiyning fikricha, turkiy tillarda singarmonizm oddiy fonetik 
hodisa –
 
assimilyatsiyaning bir turigina emas, balki morfologik sathga ham daxldor 
bo‘lgan fundamental
 
struktur
-
tipologik hodisadir.
23
23
Реформатский А.А. Иерархия фонологических единиц и явления сингармонизма // 
Исследования по фонологии. – М., 1966. – С.198. 


B.de Kurtene ham turkiy tillardagi mazkur xususiyatga to‘xtalib, unlilar 
garmoniyasining so‘z bo‘g‘inlarini bog‘lovchi sement vazifasini bajarishini, hind
-
ovrupo tillarida bunday vazifada leksik urg‘u kelishini ta’kidlaydi. Bu esa ko‘p 
bo‘g‘inli so‘zlarda birinchi bo‘g‘inning boshqa bo‘g‘inlarga nisbatan kuchli 
bo‘lishini, keyingi bo‘g‘in tovushlarining esa birinchi bo‘g‘in tovushlariga 
moslashishi lozimligini ko‘rsatadi. Shuning uchun: «So‘zning birinchi bo‘g‘inining 
(o‘zakning) boshqa bo‘g‘inlardan ustunligini ifodalashning kulminatsion nuqtasi 
unlilar garmoniyasi hisoblangan»
24
, – deydi A.M.Shcherbak. 
Turkiy tillarda birinchi bo‘g‘in boshqa bo‘g‘indan kuchli
25
, shuning uchun 
bo‘g‘inlarning tovush sostavi birinchi bo‘g‘inga moslashadi. V.A.Bogoroditskiy 
o‘zak vokalizmining ergash morfemalarga nisbatan afzal tomoni borligini, u 
boshqa tovushlar ta’sirisiz, o‘zining individual artikulyatsiyasiga ega bo‘lishini, 
o‘zak morfema unlilarining palatallik-palatal emaslik, lablanganlik-labalnmaganlik 
belgilari bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradigan ikki asosiy tip – yo keng, yoki tor 
unlilardan tashkil topishini ko‘rsatadi. Shunga muvofiq, u turkiy tillar o‘zagida 
klassik sakkizta unli (

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin