Turkiy tillarda bo‘g‘in hosil qiluvchi element unli tovushlar hisoblanadi.
Shuning uchun bo‘g‘in miqdori so‘z tarkibidagi unlilar miqdori bilan belgilanadi.
Turkiy so‘zlar bo‘g‘in strukturasi ham xuddi o‘zak morfema strukturasi kabi
quyidagi to‘rt tipdan iborat: G, SG, GS va SGS.
Turkiy tillar tarixiy
taraqqiyotining keyingi etapida ichki taraqqiyot va tashqi ta’sir natijasida bo‘g‘in
strukturasi yana ikki tur – GSS, SGSS bilan boyidi. Natijada turkiy so‘zlar bo‘g‘in
strukturasining olti modeli vujudga keldi. Bundan G, SG ochiq,
qolganlari esa
yopiq bo‘g‘inlar modelidir.
Ko‘rinib turibdiki, turkiy tillarda bo‘g‘in strukturasi turkiy o‘zak morfema
fonetik strukturasi bilan bir xillikka ega (o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichiga oid
baynalmilal so‘zlarning SSGS (sprav-ka) tipidagi birinchi bo‘g‘in modellari bunga
kirmaydi). Faqat ikkinchi va undan keyingi bo‘g‘inlar
fonetik strukturasi uni
tashkil etgan allofonlarning sifati jihatidan farq qiladi. Shu tufayli morfema va
bo‘g‘inlarning yuqoridagi olti modeli va uni tashkil etgan allofonlar xususiyatlari
haqida so‘z strukturasi bo‘limiga qarang.
Dostları ilə paylaş: