Qo‘shma so‘z va so‘zning analitik formasi strukturasining
bunday aksent-
ritmik bir butunligi ularni tashkil etgan komponentlar o‘rtasida
turli xil
morfonologik o‘zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
1. Har ikki komponent yopiq bo‘g‘in bo‘lganda komponentlar oralig‘ida
morfonologik o‘zgarishlar yuz beradi:
n – m: o‘n besh – o‘m besh
b – v: bel bog‘ – belvo
ch – s: uch so‘m – us so‘m
b – o: bor bo‘l – bor o‘l (bor o‘ling)
li – o: olib kel – opkel (Andijon)
q – p: ichib qo‘y – ichipo‘y (qoraqalpoq) va boshq.
n – m: o‘n bir – o‘m bir.
2. Birinchi komponet ochiq bo‘g‘in
bilan tugab,
ikkinchi komponent yopiq
bo‘g‘in bilan boshlanganda:
b – v (ber – ver): bora berdi – boraverdi, yoza ber – yozaver, kela ber –
kelaver va boshq.
(bil – vil): ne bilay – nevlay va boshq.
k – g (kun – gun): bu kun – bugun va boshq.
uy – o (shu – sh), -er: shu yer – sher (Jizzax)
1.
Birinchi komponent yopiq bo‘g‘in bilan tugab, ikkinchi komponent ochiq
bo‘g‘in bilan boshlanganda ham tovush almashinish, ham bo‘g‘inlar strukturasida
fonetik qayta bo‘linish hodisasi ro‘y beradi. Bu esa
komponentlar butunligini
yanada kuchaytiradi:
e – i (emish – imish): kelar emish – kelarmish
i – o (imish – mish): borgan imish – borganmish
e – o (ekan – kan): kelar ekan – kelarkan
b – v (bosib – bosiv): bosib oldi – bos (i)voldi (qovun navi), Sotib oldi – Sot
(i)voldi (atoqli ot) va boshq.
Fonetik qayta bo‘linish:
Qayn ona – qay – no-na (qaynona) qayna
Qayn ota – qay – no-ta (qaynata)
Qayn ini – qay – ni-ni (qayni)
4. Birinchi komponent ochiq bo‘g‘in bilan tugab,
ikkinchi komponent unli
bilan boshlanganda ham tovush almashinuvi va fonetik qayta bo‘linish yuz beradi:
ee – e: ne etay – netay
aa – a: Mirzaahmad – Mirzahmat, na aylay – naylay
a – o: katta ota – kattaata (katta), bora olmoq – borolmoq, beka oyim bekoyim
i – o: olti oziq – oltoziq (to‘qqiz yoshli ot), yetti oziq – yettoziq (o‘n
yoshli
ot), yoshi ulug‘ – yashulli (Xorazm), echki emar – echkemar va boshq.
a – o: Xo‘ja eli – Xo‘jeyli va boshq.