O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
125398 (1)

o`zgaruvchanligi
- lisoniy birlikda shakl va mazmun asimmetriyasi, 
-uzluksiz nisbiy markaz-qurshov giponimik pog`onaviylik bosqichlari sonining va
-har bir bosqichda qurshov birliklari miqdorlarining nisbiy erkinligi,
-ko`p qavatli pog`onalarning har birida har bir lisoniy birlikning o`z pog`onadoshlari bilan ko`ptomonli 
zidlanishi va bir necha mikrosistemalarga aloqadorligi bilan ta`minlanadi. 
Me`yor
(NSh) lisonga, uning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo`lib, lisoniy imkoniyatlardan (-
sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan v.h.) har birining 
voqelanish o`rinlari va xususiyatlarini belgilaydi. Me`yor 

lisoniy 
an`ana bilan ham, 
- sof
nolisoniy
(g`ayrilisoniy), jumladan:
- xilma-xil uslublar, tilning qo`llanilish sohalari va lisonning voqelanish usullari (badiiylik va kuchli 
ta`sirchanlik, yorqin ifodaviylik, obrazli tafakkur yoki aniqlik, ixchamlik, serinformativlik talablari v.h.) bilan ham, 
-ijtimoiy shart-sharoit, qonun-qoida, rasm-rusumlar, til siyosati bilan ham,
-nutq jarayoni ishtirokchilarining diniy, madaniy, tabaqaviy, irqiy, milliy, hududiy, jinsiy, ruhiy, yosh v. b. 
xusisiyatlari bilan ham, 
-lison voqelanayotgan soha, hayotiy jabha talab va xususiyatlari bilan ham, 
- lison voqelanishining bevosita nolisoniy shart-sharoitlari bilan ham belgilanishi mumkin. 
Me`yorga ta`sir etadigan omillar juda ko`p va rang-barang bo`lib, tilshunoslikning maxsus tarmog`i - 
sotsiolingvistikaning markaziy tadqiq manbalaridan biridir. 
Nutq
lisonning me`yor elagidan o`tgan muayyan (yozma, og`zaki, tasviriy /imo-ishora, signal v.h./ 
shakllaridan birida) voqelanishidir. 
Lison
ham, 
nutq
ham qurilish va voqelanish tamoyillariga ko`ra birlamchi ijtimoiy-ruhiy ramziy tizim 
(semiotik sistema), 
me`yor
uning voqelanish sharoiti bo`lib, bevosita ramziy tizimga aloqador emas. 
Lisoniy sathlar izchil giponimik munosabatli iyerarxik qurilishga ega bo`lgani holda lisonning o`zi uni 
tashkil etuvchi sathlari bilan iyerarxik gipo-giperonimiik munosabatlar bilan emas, balki dialektik butun-bo`lak 
aloqalari bilan bog`lanadi /2:/. Bunda lison - butun, sathlar - bo`lak mavqeyida bo`ladi. 
Bugun kundan-kunga ulg`aya borayotgan va milliy-ma`naviy istiqlol mevasi sifatida ommalashayotgan 
o`zbek substansial (formal-funksional) tilshinosligida til qurilishi va yashashi tahlilining bosh masalalaridan biri 
mana shunday tushuniladi va shu nuqtayi nazardan turib har bir bosqich birliklarining umumiy mohiyati, unga 
tayanib har sath birligi tabiati ochiladi, o`zbek tili qurilishining tavsifi beriladi. 
ADABIYOTLAR 
1. O`zbek tilshunosligida bu yo`nalish haqida qar.: Љурбонова M.M. Ўзбек тилшунослигида формал-
функционал йўналиш ва содда гап ўурилишиниг талљини. ДДА. Т.: ТАИ. 2001; Yana qar.: Менглиев Б.Р. 
Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатќлараро муносабатлар. ДДА. Т. ТАИ.2002; Љурбонова M.M. 
Щозирги замон ўзбек тили. Гап синтаксиси учун материаллар. Тошкент. Университет. 2002; Nimat G. 
Hamid. O`zbek tilini struktural tadqiqi. "3.Uluslararasi turk dil kurultayi. Turk dil qurumu yayinlari ¹678. 
Ankara.2000. S.787-793; 
2. Нигматова Л.Ќ. Ўзбек тилида привативлик (нофонологик сатќлар). НДА. Т.: ТАИ. 2004.




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin