O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Til birliklari -ema bilan tugaydigan (fonema, morfema, leksema kabi) atamalar



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
125398 (1)

Til birliklari -ema bilan tugaydigan (fonema, morfema, leksema kabi) atamalar 
orqali ifodalanadi. 
Bu atamalar bilan ifodalangan birliklarni biz hech qachon sezgi a’zolarimiz 
yordamida his etmaymiz. Ya’ni uni talaffuz qilmaymiz va eshitmaymiz. har qanday til birliklari 
bevosita kuzatishda bir qancha nutq birliklari orqali moddiy ifodasini topadi. Ana shunday 
konkret moddiy ifodalar variantlar sanaladi: fonema varianti, morfema variayati, leksema 
varianti kabi. Ularni Amerika tilshunoslari allofon, fon; allomorf, morf; allolek, leke atamalari 
bilan ham yuritadilar. Tildagi yuqoridagidek zidlanishni ayrim tilshunoslar emik va etik birliklar 
atfmalari orqali ham ifodalaydilar. 
Emik birliklar -ema bilan tugagan atamalar (fonema, 
morfema, leksema kabi) orqali ifodalangan birliklarni o`z ichiga olsa, etik birliklar variant 
yoki allo- bilan boshlangan (allofon, allomorf, alloleks) atamalar orqali ifodalangan 
birliklarni o`z ichiga oladi. 
4. Borliqdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi aloqadorlikning yana bir turi butun va bo`lak 
munosabatidir. Butun o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lgan qismlar, bo`laklarning uzviy 
birligidan iborat yaxlitlikdir. Bo`lak esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma'lum 
element, qism sanaladi. Borliqdagi har bir narsa va hodisalar, jarayonlar ana shu butun va 
bo`lakning dialektik birligidan iboratdir. Bu shuni ko`rsatadiki, olamdagi har bir narsa va hodisa, 
katta-kichikligidan qat’iy nazar, ichki bo`linish xususiyatiga ega. Bunday bo`linish pogonali 
harakterga ega. Katta butunlikning tarkibiy qismlari bo`lgan, katta butunlik uchun bo`lak 
vazifasini bajaruvchi qism, o`z navbatida, keyingi bo`linish uchun butun bo`lib keladi. Bunday 
butun bo`lak asosida bo`linish bo`linishning oxirgi nuqtasigacha davom etadi. Agar buni til 
materiallari asosida ko`rib chiqsak, gap butunlik sifatida gap bo`laklariga, gap bo`laklari so`z 
shakllariga, so`z shakllari morf (allomorf)larga, morflar esa fonlarga, (allo) fon esa akustik va 
fiziologik xossalarga bo`linadi. Bo`linishning har bir bosqichi butun-bo`lak dialektikasini o`zida 
namoyon qiladi. Shuningdek, lisoniy birliklarning har qaysisi (fonemadan tashqari) mazmuniy 
jihatidan ham muayyan ma'no elementlarining o`zaro munosabatlaridan tashkil topgan yaxlitlik 
sanaladi. Masalan, ma'noli birliklar ichida eng kichigi hisoblangan morfema ham ikki va undan 
ortiq semalarning o`zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik hisoblanadi. Ma'noli birlik 
bo`lmagan va shakl jihatdan eng kichik birlik sanaluvchi fonema ham xuddi atom kabi 
bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Uning tarkibiy qismlari farqlovchi belgilar sanaladi. Shuning 
uchun fonema differensial belgilar majmuasi sifatida baqolanadi. Mashhur daniyalik tilshunos L. 
Yelmslev butun-bo`lak munosabatini til birliklarining ham shakl va ham mazmun tomoni 
misolida izchil yoritib berdi. Shakl (ifoda) tomonini tekst-period-gap-so`z bo`g`in-fonemalarga 
bo`lgan bo`lsa, mazmun tomoniga ham bunday bo`linishni qo`llagan holda, uning eng kichik 
birligi sifatida figurani ajratadi. L.Yelmslevning figura tushunchasini tilshunoslikka olib kirishi 
glossematika nazariyasining F.de Sossyur nazariyasidan bir qadar farq qilishini ko`rsatadi. 
Sossyur har qanday lingvistik belgi ifodalovchi va ifodalanmishning dialektik birligidan iborat, 
deb hisoblagan bo`lsa, L.Yelmslev ifodalanmish tomonini yana bo`lishda davom etadi. Uning 
fikricha, lingvistik birliklarning mazmun planida lingvistik belgidan tashqari belgi bo`lmagan 
elementlarni ham ajratish mumkin. Belgilar sistemasiga belgining tarkibiy qismi sifatida kiruvchi 
ana shunday belgi bo`lmaganlar figuralar hisoblanadi. Til shunday tuzilganki, bir sikim figuralar 
yordamida va ularning turli xil joylashuvi tufayli belgilar legionini qurish mumkin. L.Yelmslev 
ajratgan figuralar elementar ma'noga, semaga to`g`ri keladi. Semalar kombinasiyasi belgi 
mazmunini tashkil qiladi. Masalan, o`qil belgisi quyidagi figuralardan tashkil topadi: [inson] + 
[yosh] + [erkak]. Oxirgi figuraning o`zgarishi esa qiz belgisini bildiradi. Bundan ko`rinadiki, 
butun-bo`lak munosabati asosida lingvistikada uzviy (komponent) tahlil metodi maydonga keldi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, butun tarkibidagi har bir kiem butunning o`ziga xos tomonini ma'lum 
darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-
alohida emas, balki butunning bo`laklari sifatida ko`rinadi. 
5. Olamdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi aloqa-dorlik, bog`lanishning turlaridan yana biri 
shakl va mazmun dialektikasidir. Shaklsiz mazmun bo`lmaganidek, shaklning mavjudligi usuli, 
strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz bo`lmaydi. Ko`rinadiki, shakl va mazmun ma'lum bir narsa 


yoki hodisaning o`zaro dialektik aloqador bo`lgan ikki tomonidir. Bu dialektik aloqadorlik tilda 
ham yorqin o`z ifodasini topadi. Til birliklari ham shakl va mazmun birligidan iborat. Faqat 
bundan fonologik sath birliklari mustasno. Chunki fonologik birliklar bir tomonlama mohiyat 
bo`lib, faqat shaklga ega. Shakl va mazmun o`zaro bog`liq bo`lsa ham, lekin ular bir narsaning 
ikki tomoni bo`lganligidan, har qaysisi o`ziga xos xususiyatga ham ega. Ularning o`ziga xosligi 
shundaki, har qaysisi alohida-alohida strukturaga ega.Bu struktur elementlar bir-biriga muvofiq 
kelishi shart emas. Lisoniy birliklar o`rtasidagi shakl va mazmun munosabatini quyidagicha 
ko`rsatish mumkin: 
1) M=Sh 
2) M>Sh 
3) MYuqoridagilardan birinchisida mazmuniy tuzilish bilan shakliy tuzilish o`rtasida muvofiqlik bor.
Ikkinchi holatda bir necha ma’no bir shaklga ega (omonimiya). Uchinchi holatda esa bir 
ma’no bir necha shakl orqali ifodalanadi (sinonimiya). Keyingi har ikki holatda ham shakl va 
ma’no o`rtasida nomuvofiqlik mavjud bo`ladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin