Lekin bu holatda ma'noni oddiy sanash bo`ladi, xolos. To`g`rirog`i, kelishik morfologik jihatdan
ko`ra sintaktik funksiyasi jihatdan aniqlangan bo`ladi. Bunday halqadan qanday chiqib ketish
yo`lini S.N.Ivanov dialektik mantiqdan qidiradi. Ma'lum murakkab sistema haqidagi tushunchani
u haqidagi tasavvurga aylantirish lozim. Buning uchun muayyan munosabatlar sistemasi
mohiyatini tushuntirish kerak bo`ladi. Agar uni kelishik misolida ko`radigan bo`lsak, grammatik
shaklning alohida ma'nolar sistemasi mohiyatini shu guruh hodisalarning umumiy asosi sifatida
tushuntirish lozim. Muayyan mohiyatning alohida ko`rinishlarining umumiy asosi bu mohiyat
o`zida o`zi bo`lgan yagona, muayyan munosabatlardir. Predmetni aniqlash, demak, uni
boshqalardan chegaralash, boshqalardan nimasi bilan farq qilishini belgilash, uning o`z-o`ziga va
ayni paytda, boshqa predmetlarga munosabatini aniqlashdir. Predmet,
hodisalarni umumiy
aloqada, boshqa predmet, hodisalarga nisbatan munosabatlarda qarash lozim degan dialektik
talab bu predmet o`ziga o`zi qanday mansubligi haqidagi konkret bilimga olib kelishi kerak.
Bundam umumiy aloqani o`rganlishning konkret to`liqligi aloqalardan tashqaridagi predmetni
bilishga olib keladi. To`g`rirog`i, bu o`rindagi aloqalar ichkariga, predmetning o`ziga yo`nalgan
bo`ladi. Bu esa shu predmetning substansiyasini, mohiyatini, o`ziga o`zining ayniyatligini
bilishimiz bo`ladi. Shuning uchun ham morfologiya grammatik kategoriya va shakllarning
substansional ma'nosi haqidagi fan bo`lishi lozimligini ta'kidlaydi. Yuqoridagilardan ko`rinadiki,
bilish jarayoni alohidalikdan boshlanadi. Biz dastlab sezgi a'zolarimiz yordamida alohidalikni,
yakka narsa va hodisalarni, masalan, jo`nalish kelishigining turli shakli va mazmuniy variantini
fahm qilamiz. (xususan, -ga, -ka, -qa, -g`a, -a kabi) So`ngra
tafakkurimizda shu hissiy
fahmlashdan vujudga kelgan mavjud faktlarni analiz va sintez qilib, ularning muhim tomonlarini
nomuhim tomonlardan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan ajratamiz. Ularni o`zaro bir-
biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz, shular asosida fikrimizda ularni ifodalovchi
tushunchani hosil kilamiz. Bu hosil qilingan tushunchada narsa va hodisaning, yuqoridagi
holatda jo`nalish kelishigining ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turga ya'ni
kelishikka xos bo`lgan tomonlari hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfiga, ya'ni so`z
o`zgartiruvchi qo`shimchalarga oid bo`lgan umumiy tomonlari ifodalanadi.
3. Borliqdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik, bog`lanishlardan biri
mohiyat va hodisadir. Mohiyat
narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o`zaro bog`lanishlari,
shu bog`lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va
bog`lanishlarning namoyon bo`lish shakli, mohiyatning ifodalanishi sanaladi. Biz obyektiv
borliqda bevosita hodisalarni ko`ramiz. Ularni sezgi a'zolarimiz orqali his qilamiz. Mohiyat
obyektiv
olamdagi
narsa
va
hodisalarning
o`zaro
bog`lanishlari,
aloqadorliklarini
ifodalaganliklari uchun uni bevosita jonli kuzatishda ko`rish, ushlash mumkin emas. U narsa va
hodisalarning muhim belgisi sifatida bu narsa va hodisalarning o`zaro munosabatlarini
o`rganlish, chuqur tahlil qilish orqali idrok qilinadi. Masalan, bevosita kuzatishda turli xil jonli
organizmlarni ko`ramiz. Ularni bir-biriga solishtirish, chuqur tahlil qilish asosida ularning
hammasi uchun umumiy bo`lgan muhim belgini aniqlaymiz. Bu belgi barcha tirik organizmlar
uchun xos bo`lib, ularning har birida takrorlanishi kerak.
Ana shu muhim belgi modaa
almashinuv belgisidir. Demak, konkret turli ko`rinishdagi jonli organizmlar hodisalar bo`lsa,
ularning hammasi uchun umumiy bo`lgan mohiyat modda almashinuvidir. Mohiyat bilan hodisa
o`zaro zich bog`liq bo`lishi bilan birga, bir-biri bilan qarama-qarshi xususiyatga ham ega.
Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsa va hodisalarning o`z tabiatidan kelib chiqadi.
Mohiyat hodisada yashirin bo`ladi va uni bevosita sezgi a'zolar orqali bilish mumkin emas.
hodisa narsalarning namoyon bo`lishi shakllaridir. Ular hech qachon miqdor jihatdan bir-biriga
mos kelmaydi. Agar narsalarning namoyon bo`lish shakllari bo`lgan hodisalar bilan mohiyat
o`zaro mos kelganda edi, har qanday fan ortiqcha bo`lib qolar edi. Har qanday fanning vazifasi
hodisalar zamirida yashirinib yotgan, ularning asosini tashkil qiladigan mohiyatini aniqlashdan
iboratdir. Ana shundan kelib chiqqan holda, tilshunoslik fanida ham tilshunosning vazifasi sezgi
a'zolarimiz yordamida his qiladigan nutq birliklari zamirida yotgan umumiy asos, mohiyatni
topishdan iborat bo`lishi kerak. Tilshunoslikda tildagi ana shunday mohiyat-hodisa zidlanishi til-
nutq dixotomiyasi orqali ifodala-nadi. Nutq birliklari atamasi hodisalarni ifodalasa, til birliklari