tipdagi almashinuvda allomrflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning so‘z
yasalish bo‘limiga oidligi, uchinchisi esa supersegment almashinuv ekani aytiladi.
5
O.S.Axmanova morfonologiyaning o‘rganish ob’ektini ancha kengaytiradi. U
morfonologiyani turli fonemalarning morfologik elementlarini
hosil qilish uchun
qo‘llanish prinsipini o‘rganuvchi fan sifatida talqin etadi.
V.A.Redkin morfonologiya doirasini yanada kengaytiradi. Uning fikricha,
morfonologiya bu so‘z strukturasi va fonema, prosodema terminlari bilan
nomlanadigan, uni tashkil etuvchi komponentlar haqidagi ta’limotdir. U
morfonologik vositalarga urg‘u, so‘z komponentlarining joylashish tartibi va
qo‘shilish
qoidalari, ularning variatsiya (almashinuv) qoidalari, interfiksatsiya va
boshqa ayrim so‘zning tovush elementlarini kiritadi.
6
E.A.Makaev va Ye.S.Kubryakova morfonologiyani morfemalarning
fonologik strukturasi haqidagi ta’limot deb hisoblaydilar. Morfonologiyaning
bevosita o‘rganish ob’ekti morfonologik qatorlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar.
Ye.S.Kubryakova yana bir boshqa asarida morfema
qurilishidagi va bir
morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanishlar hamda mazkur
farqlanishlarning funksional maqsadda qo‘llanilishi morfonologiyanng o‘rganish
ob’ektiga kirishini aytadi.
7
V.G.Churgunovaning fikricha, morfonologiya morfema va so‘z tarkibidagi
fonemalarning tashkil topishi haqidagi ta’limotdir. U morfonologiyaning quyidagi
muammolar bo‘yicha bahs yuritishi lozimligini ko‘rsatadi:
1. Yetakchi va ko‘makchi morfemalarning shakllanishida xizmat qiladigan
fonemalarning tartibi va tarkibi.
2. Morfem birliklarning so‘z ichida birlashish jarayonida fonemalar tartibi va
sostavining o‘zgaruvi (modifikatsiyasi).
3. Bunday modifikatsiyalarning doimiy modellari va ularning so‘z yasalish va
o‘zgarish sistemasidagi o‘rni.
4. Tarkibidagi fonemalarga bog‘liq ravishda
morfologik elementlarning
tanlanish qonuniyati.
G‘arb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xil qarashlar
turkologiyada
ham
aks
etmoqda.
Xususan,
«Sravnitelno-istoricheskaya
grammatika tyurkskix yazыkov. Fonetika» kitobining fonomorfologiya bo‘limi
Ye.S.Kubryakova konsepsiyasiga asoslangan. Boshqird tili grammatikasida esa
agglyutinatsiya jarayonida o‘zak va affikslar oralig‘ida hamda kompozitsiya va
reduplikatsiya jarayonida yasalish asoslari o‘rtasida yuz beradigan fonetik
o‘zgarishlar morfonologiya predmeti hisoblanadi.
8
M.Zakiyev ham morfonologiyani morfemalarning
fonologik strukturasini
o‘rganuvchi ta’limot sifatida tushunadi. Shu bilan birga, turkiy tillar
morfonologiyasiga bag‘ishlangan ishlarda turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lgan
singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
9
5
Бернштейн С.Б. Кўрсатилган асар. – С.49 – 51.
6
Редькин В.А. Кўрсатилган асар. – С.7.
7
Кубрякова Е.С., Панкрац Ю.Г. Кўрсатилган асар. – С.108 – 112.
8
Грамматика башкирдского литературного языка. – С.79.
9
Закиев М.З. О тюркской морфонологии... – С.39.
A.A.Reformatskiy esa birinchi bo‘lib turkiy tillar morfonologiyasi haqida fikr
yuritib, qozoq va qirg‘iz tillaridagi singarmonizm hodisasini tadqiq qilar ekan,
turkiy tillardagi unlilarning singarmonistik variantlari grammatik fakt darajasiga
ko‘tarilmasligi, shuning uchun
u morfonologiya doirasida emas, balki faqat
fonetika doirasida o‘rganilishi lozimligini ta’kidlagandi. Lekin turkiy tillardagi
morfemalar variatsiyalari ko‘p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan
bog‘liq bo‘lgani tufayli singarmonizm hodisasini ham morfonologiya dorasida
o‘rganish foydadan xoli emas.
Dostları ilə paylaş: