Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


xodimlar,  shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

xodimlar, 
shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va 
boshqa manfaatdor foydalanuvchilar) va ularning qiziqishlari 
 
Moliyaviy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi 
kiritiladi. Ularni shartli ravishda ichki va tashqi subyektlarga bo‗lish mumkin. 
Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi 
subyektlarga haqiqiy va bo‗lg‗usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib 
beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, 
idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga kiradi.
Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: 
Mulk egalari (qatnashchilar va ta‘sischilar) va investorlarning e‘tibori 
ko‗proq xo‗jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan oladigan dividendlar 
summasini mavjudligiga, jalb qilingan investitsiyalar yuzasidan xavf-xatarlarning 
yo‗qligiga qaratiladi. 
Kreditorlar – o‗zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‗z vaqtida to‗lanadimi 
yoki yo‗q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar; 
Mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida-o‗zlariga 
tegishli summa o‗z vaqtida to‗lanadimi yoki yo‗q ekanligini aniqlashga imkon 
beradigan axborotdan manfaatdorlar; 
Xaridorlar – ayniqsa‚ (ular uzoq muddatli bitimga ega bo‗lsalar yoki 
mazkur xo‗jalik yurituvchi subyektga bog‗liq bo‗lsalar) xo‗jalik yurituvchi 
subyektning uzluksiz faoliyati to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar;
Xodimlar – xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va 
rentabelligi to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ular ham xo‗jalik yurituvchi 
subyektning o‗z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo‗yicha 
ishlash imkoniyatlarini ta‘minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan 
axborotni olishdan manfaatdorlar; 
Davlat boshqaruvi organlari-resurslarning taqsimlanishi va binobarin, 
subyektlarning faoliyati to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ularga ham 
xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish 
siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik 
ma‘lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; 


26 
Jamoatchilikda ham, chunki xo‗jalik yurituvchi subyektlar mahalliy 
iqtisodiyotga ko‗pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta‘minlash va 
mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‗llab-quvvatlash bilan katta hissa 
qo‗shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‗nalishlari va 
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‗nggi 
yutuqlar to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlab, ularga yordam beradi. 
Tashqi tahlil subyektlari qatoriga shuningdek, reyting kompaniyalarini ham 
kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar alohida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
boshqa xo‗jalik subyektlarga nisbatan iqtisodiy o‗rnini aniqlashga imkon beruvchi 
axborotlarni tahlil etish va ularni doimiy kuzatuvini olib borish bilan 
shug‗ullanadilar.
Moliyaviy tahlil subyektlari xo‗jalik subyektlarining moliyaviy holatini 
kompleks (to‗liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib 
boriladigan tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan 
hollarda analitiklarning va buyurtmachilarning maqsad, manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda zaruriy bo‗lgan obyektlar bo‗yicha xulosalar chiqarishga etadigan 
tahlillar o‗tkaziladi. 
Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko‗proq faqat ichki moliyaviy tahlilga 
hos jihatdir. Tashqi tahlil subyektlari odatda o‗zini qiziqtirgan masala yuzasidan 
axborotlarning jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar. 
Moliyaviy tahlil subyektlari va ularning manfaatlar mushtarakligini quyidagi
1.6-jadval ma‘lumotlaridan ko‗rib chiqish mumkin.
1.6-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin