23
baholash orqali boshqaruv qarorlarini sifatliligi albatta axborotlarning to‗liqligi,
ishonchligi, haqqoniyligiga bog‗liqdir. O‗z navbatida axborotlarning to‗liqligi,
ishonchligi, xaqqoniyligi tahlil sifatini ham belgilab beruvchi bosh omildir.
Moliyaviy tahlil shuningdek, turli xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini qiyoslashni imkonini beradi.
Moliyaviy hisobot – har bitta korxonaning hisob siyosatidan kelib chiqqan
holda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul
qiladigan usullar va ularning qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda tuziladi.
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo‗jalik faoliyati faktlariga baho
berish, aktivlar qiymatini to‗lash, hujjatlar aylanmasi, mol-mulkni ro‗yxatga
olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo‗llanish usullari,
hisob registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o‗ziga tegishli usullar,
uslubiyatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi.
Moliyaviy hisobot xo‗jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‗jalik
yurituvchi subyektligi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga
kirishidan qat‘i nazar‚ shu xo‗jalik yurituvchi subyektning ma‘lum bir davrdagi
faoliyatini ko‗rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobotlar‚ shuningdek, xo‗jalik yurituvchi subyektning
rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: