22
Buxgalteriya hisobining xizmat vazifalariga hodisa va jarayonlarni qayd
etadi, hujjatlashtiradi, analitik va sintetik hisobini yuritadi, moliyaviy hisobotlarni
tuzish kiradi. Ularni qayta ishlab, tahlil etish va prognozlash
tahlil yordamida
amalga oshiriladi.
Xo‗jalik faoliyatini yo‗lga qo‗yish, erkin raqobat, investitsion jarayonlarning
o‗zi axborotlarni chuqur tahlil etishni va boshqarurning asosli qararlarini qabul
qilishda tahlilni muhim dastakka xayotiy zaruriyatning o‗zi barcha subyektlarni
tahlilni amalga oshirishini talab etadi.
O‗ navbatida analitiklar, tahlilchilar buxgalteriya
hisobining asosiy
qoidalarini, normalarini bilmasdan turib zamonaviy tahlilni amalga oshira
olmaydilar.
Tahlil fanining “Moliyaviy hisobot” fani bilan bog„liqligi.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlil fanining axborot asosi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlar – foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo‗lgan
talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy
hisobot ko‗pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi.
Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‗lganda,
moliyaviy hisobotda bor
bo‗lgan axborotga qo‗shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy
hisobotlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuziladi.
Zarur hollarda kompaniyalar Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS)
asosida tuzishlari mumkin.
Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‗liq
bo‗lgan izohlar, mo‗ljallar va tushuntirishlarni ham o‗z ichiga oladi. Bunday
axborot sanoat va jug‗rofiy hududlarning faoliyat turlari to‗g‗risidagi moliyaviy
axborotni aks ettirishi va narxlar o‗zgarishining moliyaviy natijalarga ta‘sirini
tushuntirib berishi kerak.
Moliyaviy hisobot – investitsiya qarorlari, kreditlar berishga doir qarorlarni
qabul qilish, subyektning bo‗lg‗usi
pul oqimiga baho berish, unga ishonib
topshirilgan resurslarga munosabatiga, majburiyatlariga baho berishda,
rahbar
organlarining ishiga baho berishda muhim manba hisoblanadi. Bu baho berishlarni
tahlilsiz amalga oshirishni tasavvur qilish qiyin.
Foydalanuvchilar pul mablag‗larini ko‗paytirish qobiliyatini yaxshiroq
baholaydilar, agar u xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli faoliyatini
va moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta‘minlangan
bo‗lsa.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‗larini ko‗paytirish,
ularning ko‗payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishish qobiliyatini
23
baholash orqali boshqaruv qarorlarini sifatliligi albatta axborotlarning to‗liqligi,
ishonchligi, haqqoniyligiga bog‗liqdir. O‗z navbatida axborotlarning to‗liqligi,
ishonchligi, xaqqoniyligi tahlil sifatini ham belgilab beruvchi bosh omildir.
Moliyaviy tahlil shuningdek, turli xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini qiyoslashni imkonini beradi.
Moliyaviy hisobot – har bitta korxonaning hisob siyosatidan kelib chiqqan
holda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul
qiladigan usullar va ularning qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda tuziladi.
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo‗jalik faoliyati faktlariga baho
berish, aktivlar qiymatini to‗lash, hujjatlar aylanmasi, mol-mulkni ro‗yxatga
olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo‗llanish usullari,
hisob
registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o‗ziga tegishli usullar,
uslubiyatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi.
Moliyaviy hisobot xo‗jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‗jalik
yurituvchi subyektligi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga
kirishidan qat‘i nazar‚ shu xo‗jalik yurituvchi subyektning ma‘lum bir davrdagi
faoliyatini ko‗rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobotlar‚ shuningdek, xo‗jalik
yurituvchi subyektning
rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: