21
o‗rganilayotgan to‗plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‗zaro
bog‗liqliklari aniqlanadi.
―Sintez‖ atamasi ham grekcha ―syntezis‖ so‗zidan olingan bo‗lib,
―birlashtiraman‖, ―qo‗shaman‖ degan ma‘noni bildiradi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma‘noda
butunni tarkibiy qismlarga
ajratish va ularni barcha o‗zaro aloqalari hamda bog‗liqliklarini o‗rganishga
asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.
Ma‘lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma‘noga ega bo‗lib, u turli soha va
yo‗nalishlarda qo‗llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‗p turlarini uchratish
mumkin:
iqtisodiy, moliyaviy,
ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular
albatta bir-biridan o‗rganayotgan
obyektlari, maqsadlari va o‗rganish uslublari
bilan farq qiladi.
Iqtisodiy
jarayonlarni, ularning o‗zgarish tendensiyalarini,
rivojlanishi va
taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu
borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‗lchov vositalaridan foydalanib
bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: