Iqtisodiy tahlil bosqichlari 1-bosqich Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi
tuziladi
2-bosqich Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‗rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi
va tizimlashtiriladi
3-bosqich Tahlil uchun zarur bo‗lgan axborotlar yig‗iladi va tayyorlanadi
(ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‗rinishga keltiriladi)
4-bosqich Xo‗jalik faoliyatining natijalari reja, o‗tgan yil, ilg‗or korxonalar
ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadi
5-bosqich Omilli tahlil o‗tkaziladi va natijaviy ko‗rsatkichlarga ta‘sir etuvchi
birliklar hisob-kitob qilinadi
6-bosqich Faoliyat
samaradorligini
oshirishda
foydalanilmayotgan
va
istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
7-bosqich Turli omillar ta‘sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni
hisobga olib, xo‗jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq
chora-tadbirlar belgilanadi
2.2. Iqtisodiy tahlilda qo„llaniladigan an‟anaviy usullar: 2.2.1. Taqqoslash usuli Taqqoslash – tahlilda eng ko‗p qo‗llaniladigan usul hisoblanadi. Uning
gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular
qatoriga o‗lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‗rsatkichlar), davriy oraliqlari,
faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-
kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida
o‗rganilayotgan obyektdagi o‗zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va
qonuniyatlari o‗rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‗rganiladi: gorizontal, vertikal, trend
va shuningdek bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli tahlillar.