- 35,0 ming so‗m bo‗lsa, Palto uchun esa –
50,0 ming so‗m
. Ko‗p yillik kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki‚ korxona havo iliq kelsa 270
dona kurtka, 170 dona palto sotar ekan. Sovuq havoda esa 200 dona kurtka
mahsuloti, 250 dona palto mahsulotini sotish imkoniyati mavjud.
Ob-havoni qanday bo‗lishligi avvaldan bashorat qilish qiyinligini e‘tiborga
olib, ya‘ni tabiat injiqligini hisobga olgan holda korxonaga tushadigan tushumni
barqarorlashtirish talab etilsa, quyidagicha hisob- kitob ishlari amalga oshiriladi.
1. Mavsum iliq kelsa korxona tushumi quyidagicha bo‗ladi.
270* 35 + 170 *50 = 19500,0 ming so‘m; 2. Mavsum sovuq kelsa korxona tushumi quyidagicha bo‗ladi.
200 * 35 + 600*50 = 17950,0 ming so‘m. Bu yerda korxonaning iliq havo uchun mo‗ljallagan strategiyasini A
hamda
sovuq havo uchun esa V
, tabiatning iliq havosi uchun S,
sovuq havosi uchun
D
kabi belgilashlarni kiritamiz
Korxona uchun A va V
strategiyalardan tashqari, tabiatning injiqligi ham
mavjud. Bu holat ham erishiladigan tushum, natijada esa foydaga (zarar) o‗z
ta‘sirini ko‗rsatadi. Misol uchun, korxona A strategiyani qo‗lladi, lekin havo
sovuq (D) keldi. Bunda korxonaning tushumi:
200 * 35 + 170 *50 – 80 * 40 = 12300 ming so‘m. Agar korxona V strategiyani qo‗llagan holda S iliq havo bo‗lsa, u holda:
200 * 35 - 70 * 30 + 170 *50 = 1300 ming so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi ma‘lumotlardan foydalanib esa, quyidagi matritsa jadvalini
tuzamiz. Bunda korxona R
1
- komanda, tabiatni esa R
2
shartli belgi bilan belgilab
olamiz.
2.22-jadval
Nazariy o„yin usulida daromadlarni boshqarish strategiyasini belgilash