Ishtirokchilar R 2 (Tabiat) Strategiya
S
D
Min
P
1
(Korxona)
A
19500
12300
12300
B
13400
17950
13400
Max
19500
17950
-
Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki‚ korxonaning strategiyasi tabiat
strategiyasi bilan bir xil bo‗lsa 19500 yoki 17950 ming so‗m foydaga erishishi
mumkin. Aks holda mazkur ko‗rsatkich 12300 yoki 13400 ming so‗m holatida
qoladi. Bu yerda P
1
va
R
2
o‗yinchilarni strategiyasi o‗zaro muvofiq kelmaydi deb
qaraladi. Demak, korxona eng kam foydaga erishadi deb olinadi. Ya‘ni, o‗yinda
korxona yutqizadi.
Shu sababli, korxona bu ikki mahsulot turidan o‗rtacha foydaga erishish
yo‗lini ishlab chiqadi.
Buning uchun
R
1
o‗yinchining A strategiyasida chastotani noma‘lum X bilan belgilaymiz.
Mazkur holatda V strategiyadagi chastota esa (1-X) miqdorga teng bo‗ladi.
Endigi navbatda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz:
19500X+12300(1-X)=13400X + 17950(1-X)
117500X=56500
X=0,48 (1-0,48)=0,52
19500*0,48 + 12300*0,52=15756
13400*0,48 + 17950*0,52=15766
(200 + 250)*0,48 +(270+170)*0,52 = 236 kurtka + 208 palto
Demak korxona shuncha assortimentdagi mahsulot ishlab chiqarishi uning
omillar ta‘sirida tushumning va daromadning bir xilligini ta‘minlash imkoniyatini
beradi.
2.3.4. Korrelyatsiya va regresiya usuli Ushbu usul juda ko‗p kuzatuvlardagina namoyon bo‗ladigan ko‗rsatkichlar
orasidagi to‗liq bo‗lmagan, taxminiy bog‗lanishdir. Odatda, juft va ko‗p miqdorli
korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya – bu bitta omilli, boshqasi natijaviy
bo‗lgan ko‗rsatkichlar orasidagi bog‗lanishdir. Ko‗p miqdorli korrelyatsiya esa
natijaviy ko‗rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o‗zaro ta‘sirida ishlatiladi.
Korrelyatsion tahlilni qo‗llash bir yoki bir nechta omillar ta‘siri ostida
bo‗lgan natijaviy ko‗rsatkichlar o‗zgarishini aniqlash (mutlaq o‗lchamda), har bir
omildan natijaviy ko‗rsatkichning nisbiy bog‗lanish darajasini aniqlashda
foydalaniladi.