Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

asosiy vazifalar



19 
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja
prognoz ko‗rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; 
- reja va prognoz ko‗rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish 
yuzasidan ularning ta‘sirchanligiga baho berish; 
- xo‗jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, 
ularning samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‗rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini ko‗paytirish, ularning 
ko‗payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi 
qobiliyatini baholash; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‗lovga qobiliyati, ishlayotgan 
muhit o‗zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta‘sirini 
baholash. 
- iqtisodiy natijaviylikni o‗stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, 
daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki 
imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‗lga qo‗yish chora-tadbirlarini belgilash; 
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari 
sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‗lamdagi tahlilning 
barcha turlariga xosdir.
1.5-jadval 
Iqtisodiy tahlil fanining asosiy tamoyillari 
Asosiy tamoyillar
Tasnifi
Davlat manfaati 
nuqtayi nazaridan 
yondashish tamoyili 
Iqtisodiy hodisalarni, xo‗jalik jarayonlari natijalarini 
baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va 
xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish 
lozimligini tasniflaydi 
Ilmiylik 
Dialektik 
bilish 
nazariyasiga 
asoslanishi, 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishning 
iqtisodiy 
qonunlari 
talablarini 
hisobga 
olishi, 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
yutuqlarini, ilg‗or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning 
eng yangi usullarini hisobga olishi lozim 
Tizimlilik 
O‗rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir 
qator 
mayda 
unsurlardan 
va 
ularning 
o‗zaro 
bog‗lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim 


20 
Kopmlekslik 
Tahlil 
qilinayotgan 
obyektning 
barcha 
birliklari, 
bo‗g‗inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning 
o‗zaro bog‗liqliklarini atroflicha o‗rganishni taqozo qiladi 
Obyektivlik, aniqlik 
va ishonchlilik 
Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil 
ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi 
ma‘lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil 
natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham 
korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib 
borilishi talab etiladi 
Ta‘sirchanlik 
Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning 
natijalariga 
bevosita 
aralashishi, 
rezervlarni, 
yo‗l 
qo‗yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita 
ta‘sir ko‗rsatishi lozimligini ifoda etadi 
Rejalilik 
Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan 
analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‗rtasida 
taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda 
etadi 
Samaradorlik 
Tahlilni o‗tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha 
barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi 
Operativlik 
Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‗tkazish, qarorlar qabul 
qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va 
tezkorlikni taqozo qiladi 
Demokratik 
Tahlilni o‗tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini 
jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng 
jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin