294
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
- xo‗jalik yurituvchi subyektning egalari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin.
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari jismoniy shaklga ega.
Biroq, jismoniy shakl aktivning mavjud bo‗lishi uchun zaruriy shart emas.
Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari ham aktivlardir. Agar xo‗jalik
yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni
kutayotgan bo‗lsa, bu unsurlar ham aktivlar qatoriga kiritiladi va ularni nomoddiy
aktivlar, moliyaviy aktivlar sifatida tarkiblash mumkin.
Aktivlar
yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‗liqdir.
Lekin aktivlar mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi.
Masalan, agar xo‗jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‗lgan
foydani nazorat qila olsa, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi.
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‗rtasida uzviy
aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‗yicha to‗g‗ri
kelmaydi. Xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar
bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-
kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb
hisoblash uchun asos bo‗lmaydi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi
subyektga tekinga
berilgan obyektlar aktivlarni ta‘riflashga mos keladi.
Balansning eng muhim elementi bu – majburiyatlardir. Ularni aktiv va
passiv tomonda ham uchratish mumkin. Aktivdagi majburiyatlar olinadigan
majburiyatlar, passiv tomondagi majburiyatlar to‗lanadigan majburiyatlar
hisoblanadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
oldidagi joriy va uzoq muddatli mas‘uliyatli ekanligi
majburiyatlarning asosiy
tavsifidir.
Majburiyatlar‚ shuningdek, ustavning yoki shartnomaning talablari oqibati
sifatida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va
xizmatlar uchun to‗lanadigan summalar.
295
Majburiyatlar oldin tadbirkorlik ishi jarayonida,
yaxshi munosabatlarni
saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‗rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar
xo‗jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‗ng o‗z mahsulotidagi
kamchiliklarni tuzatish to‗g‗risida qaror qabul qilsa, shu bo‗yicha qilingan
xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Hozirgi majburiyatlar bilan kelgusi majburiyatlar o‗rtasida chegara bo‗lishi
kerak. Xo‗jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish
haqida qabul qilgan qarori majburiyatlar paydo bo‗lishiga sabab bo‗lmaydi.
Majburiyatlar odatda aktiv olinganda yoki xo‗jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib
olishi to‗g‗risida bitimga kirishgandagina paydo bo‗ladi.
Tegishli majburiyatlarni bajarish odatda boshqa tarafning e‘tirozlarini
qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‗jalik
yurituvchi subyekt
resurslarini o‗ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun
hujjatlarida ko‗zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
- haq to‗lash bilan;
- boshqa aktivlarni berish bilan;
- xizmatlarni ko‗rsatish bilan;
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
O‗zbekiston amaliyotida majburiyatlarning faqat to‗lovlar orqali amalga
oshirilishi belgilab qo‗yilgan.
Majburiyatlar, kreditor o‗z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor
ana shu huquqlaridan mahrum bo‗lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‗tgan voqealarning natijasidir. Masalan,
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan to‗lanishi kerak
bo‗lgan (agar ular ilgari to‗lanmagan bo‗lsa yoki yetkazib berilganda) schyotlar
ham olinadi.
Buxgalteriya balansining eng muhim va ahamiyatli unsuri bu –
xususiy
sarmoyadir.
296
Xususiy
sarmoya
ustav,
qo‗shilgan,
zaxiralar
sarmoyadan
va
taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‗shilgan zaxiralar
sarmoya tahliliy jihatdan hisobga olinadi.
Buxgalteriya balansidagi xususiy sarmoyaning miqdori aktivlar qiymatini va
majburiyatlarni baholashga bog‗liqdir.
Buxgalteriya balansida zaxiralar alohida tarkiblanadi. Ularning ahamiyati va
zarurligi yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni yoki zararlarni
kamaytirishga qaratilgan.
Xo‗jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan
qo‗shimcha tarzda himoya qilishni ta‘minlash uchun zaxiralarni
vujudga keltirish
zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul
qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish
xo‗jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini
buzmagan holda) ko‗zda tutiladi.
Aktivlar kapital va majburiyatlarni tan olish va ularni buxgalteriya
balansida aks ettirish tartiblari.
Dostları ilə paylaş: