289
jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani
qoplashga doir cheklashni,
jamiyatning o‗ziga, xo‗jalik yurituvchi subyektga qarashli sho‗ba va uyushgan
jamiyatlariga tegishli aksiyalar, opsion va savdo shartnomasi bo‗yicha emissiya
uchun
zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va
miqdorlari haqidagi axborotlar;
v) O‗z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
s) Majburiyatlarda dividendlarni to‗lash uchun ajratilgan pul miqdorining
mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig‗ilishida
rasmiy
ravishda ma‘qullanmagan to‗lovlar miqdorining mavjudligi) haqidagi axborotlar
ochib berilishi zarur.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt o‗z sarmoyasidagi o‗zgarishlarni aniq aks
ettirishi
yuzasidan
buxgalteriya
balansiga
izohlar,
hisob-kitoblar
va
tushuntirishlarda‚ shuningdek:
- davr boshida va hisobot sanasida to‗plangan foyda yoki zararlarning
qoldig‗i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‗zgarishlar, jumladan aksiyadorlar
(muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr
uchun taqsimlanadigan sof
foyda haqidagi;
- o‗z sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va
oxirida zaxiradagi o‗zgarishlarning umumiy miqdori haqidagi axborotlarni ochib
berishi lozim.
Buxgalteriya balansi tahlilining mazmuni – korxonaning mulkiy holati va
uning o‗zgarishlariga, aktivlar, kapital va majburiyatlarning
tarkibi va
o‗zgarishlariga, balans moddalarining likvidlik darajasiga, xo‗jalik yurituvchi
subyektlarning to‗lov layoqatiga,
moliyaviy barqarorligiga, ish aktivligiga,
raqobatbardoshligi va iqtisodiy tahlikalarga bardoshligiga baho berishdan iborat.
Buxgalteriya balansi tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‗yiladi:
- korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash;
- aktivlarning likvidligini baholash;
- aktivlarni shakllantirish manbalari tarkibini baholash;
- majburiyatlarning aktivlar bilan ta‘minlanganligini baholash;
290
- aktivlar va passivlarning alohida guruhlari o‗rtasidagi muvofiq-
likni baholash;
- aktivlarni pul ishlab topish imkoniyatlarini baholash;
- kapitalni shakllanishi va o‗stirish imkoniyatlarini baholash.
Dostları ilə paylaş: