287
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli
qarz miqdori uni taqdim etishni qo‗llab-quvvatlovchi
axborot bilan birgalikda
buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim.
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo„lgan axborot.
Xo‗jalik
yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil
etuvchi turli jihatlarni aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi lozim. Quyidagilar
buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi:
- moddiy aktivlar;
- nomoddiy aktivlar;
- moliyaviy aktivlar;
- zaxiralar;
- debitorlik qarzi;
- pul mablag‗lari va pul ekvivalentlari;
- kreditorlik qarzi;
- ajratmalar;
- foiz to‗lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
- o‗z sarmoyasi va zaxiralari.
10.2-jadval
Buxgalteriya balansi unsurlari
Balans unsurlari
Tasnifiy unsurlari
Moddiy aktivlar
Asosiy
vositalar, moddiy aktivlarga qo‗yilmalar,
moddiy aktivlarga foydali sarmoyalar, uzoq muddatli
investitsiyalar, materiallar, tovarlar, tayyor mahsulotlar
Nomoddiy aktivlar
Moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‗lmagan mol-mulk
obyektlari
Moliyaviy aktivlar
Uzoq muddatli investitsiyalar,
uzoq muddatli debitor
qarzlar, uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar,
debitorlik majburiyatlari
Zaxiralar
Kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin
bo‗lgan xususiy sarmoyaning bir qismi
Debitorlik qarzi
Xaridor va buyurtmachilarning qarzi,
ajratilgan
bo‗linmalarning qarzi, sho‗ba va qaram xo‗jalik
jamiyatlarning qarzi, xodimlarga berilgan bo‗naklar,
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‗naklar, byudjetga soliq va yig‗imlar bo‗yicha
288
bo‗nak to‗lovlari, maqsadli davlat jamg‗armalari va
sug‗urtalar bo‗yicha bo‗nak to‗lovlari, ta‘sischilarning
ustav kapitaliga ulushlar bo‗yicha qarzi, xodimlarning
boshqa operatsiyalar bo‗yicha qarzi, boshqa debitor
qarzlar
Pul mablag‗lari va pul
ekvivalentlari
Kassadagi pul mablag‗lari, hisob raqamidagi pul
mablag‗lari, chet el valyutasidagi pul mablag‗lari,
boshqa pul mablag‗lari va ekvivalentlari
Kreditorlik qarzi
Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga qarz,
ajratilgan bo‗linmalarga qarz, sho‗ba va qaram xo‗jalik
jamiyatlarga qarz, kechiktirilgan daromadlar, soliq va
majburiy
to‗lovlar
bo‗yicha
kechiktirilgan
majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar,
olingan bo‗naklar, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz,
sug‗urtalar bo‗yicha qarz, maqsadli jamg‗armalariga
to‗lovlar bo‗yicha qarz, ta‘sischilarga bo‗lgan qarzlar,
mehnatga haq to‗lash bo‗yicha qarz
Ajratmalar
Qonunda belgilangan tartibda
amalga oshiriluvchi
(amortizatsiya, byudjet va byudjetdan tashqari
fondlarga va h.k.) ajratmalar
Foiz to‗lashni talab
qiluvchi majburiyatlar
Kreditlar, qarzlar, ssudalar, dividendlar bo‗yicha
yuzaga keluvchi majburiyatlar
O‗z
sarmoyasi va
zaxiralari
O‗z sarmoyasi – subyektning majburiyatlarni chegirib
tashlagandan keyingi aktivlaridir.
Zaxiralar – zarar oqibatlaridan qo‗shimcha muhofaza
qilish yuzasidan barpo etilgan fondlar
Taxminiy baholashning ko‗pgina darajasidan foydalanish yo‗li bilangina
baholash mumkin bo‗lgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit
bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qo‗shimcha muhofaza qilishni ta‘minlash
uchun qonun yoki ustavda zaxiralarni barpo etish ko‗zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: