Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalash tartibi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalash tartibi. 
Qisqa 
muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot sanasidan boshlab 12 oy davomida hisob-
kitob qilinishi lozim bo‗lgan majburiyatlardir. 
Dastlabki muddat 12 oydan ko‗proq bo‗lsa, subyekt majburiyatni uzoq 
muddatli asosda qayta moliyalashni rejalashtirayotgan bo‗lsa, bu tartiblar 
moliyaviy hisobot ma‘qullangunga qadar qaytadan moliyalashga yoki to‗lovlar 
muddatini o‗zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo‗llab-quvvatlansa, bunday 
sharoitda nojoriy majburiyatlar sifatida tasnif etilishi lozim. 


287 
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli 
qarz miqdori uni taqdim etishni qo‗llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda 
buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim. 
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo„lgan axborot. 
Xo‗jalik 
yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil 
etuvchi turli jihatlarni aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi lozim. Quyidagilar 
buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi: 
- moddiy aktivlar; 
- nomoddiy aktivlar; 
- moliyaviy aktivlar; 
- zaxiralar; 
- debitorlik qarzi; 
- pul mablag‗lari va pul ekvivalentlari; 
- kreditorlik qarzi; 
- ajratmalar; 
- foiz to‗lashni talab qiluvchi majburiyatlar; 
- o‗z sarmoyasi va zaxiralari. 
10.2-jadval 
Buxgalteriya balansi unsurlari 
Balans unsurlari 
Tasnifiy unsurlari 
Moddiy aktivlar 
Asosiy vositalar, moddiy aktivlarga qo‗yilmalar, 
moddiy aktivlarga foydali sarmoyalar, uzoq muddatli 
investitsiyalar, materiallar, tovarlar, tayyor mahsulotlar 
Nomoddiy aktivlar 
Moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‗lmagan mol-mulk 
obyektlari 
Moliyaviy aktivlar 
Uzoq muddatli investitsiyalar, uzoq muddatli debitor 
qarzlar, uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar, 
debitorlik majburiyatlari 
Zaxiralar 
Kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin 
bo‗lgan xususiy sarmoyaning bir qismi 
Debitorlik qarzi 
Xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan 
bo‗linmalarning qarzi, sho‗ba va qaram xo‗jalik 
jamiyatlarning qarzi, xodimlarga berilgan bo‗naklar, 
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo‗naklar, byudjetga soliq va yig‗imlar bo‗yicha 


288 
bo‗nak to‗lovlari, maqsadli davlat jamg‗armalari va 
sug‗urtalar bo‗yicha bo‗nak to‗lovlari, ta‘sischilarning 
ustav kapitaliga ulushlar bo‗yicha qarzi, xodimlarning 
boshqa operatsiyalar bo‗yicha qarzi, boshqa debitor 
qarzlar 
Pul mablag‗lari va pul 
ekvivalentlari 
Kassadagi pul mablag‗lari, hisob raqamidagi pul 
mablag‗lari, chet el valyutasidagi pul mablag‗lari, 
boshqa pul mablag‗lari va ekvivalentlari 
Kreditorlik qarzi 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, 
ajratilgan bo‗linmalarga qarz, sho‗ba va qaram xo‗jalik 
jamiyatlarga qarz, kechiktirilgan daromadlar, soliq va 
majburiy 
to‗lovlar 
bo‗yicha 
kechiktirilgan 
majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, 
olingan bo‗naklar, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz, 
sug‗urtalar bo‗yicha qarz, maqsadli jamg‗armalariga 
to‗lovlar bo‗yicha qarz, ta‘sischilarga bo‗lgan qarzlar, 
mehnatga haq to‗lash bo‗yicha qarz 
Ajratmalar 
Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriluvchi 
(amortizatsiya, byudjet va byudjetdan tashqari 
fondlarga va h.k.) ajratmalar 
Foiz to‗lashni talab 
qiluvchi majburiyatlar 
Kreditlar, qarzlar, ssudalar, dividendlar bo‗yicha 
yuzaga keluvchi majburiyatlar 
O‗z sarmoyasi va 
zaxiralari 
O‗z sarmoyasi – subyektning majburiyatlarni chegirib 
tashlagandan keyingi aktivlaridir. 
Zaxiralar – zarar oqibatlaridan qo‗shimcha muhofaza 
qilish yuzasidan barpo etilgan fondlar 
Taxminiy baholashning ko‗pgina darajasidan foydalanish yo‗li bilangina 
baholash mumkin bo‗lgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit 
bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qo‗shimcha muhofaza qilishni ta‘minlash 
uchun qonun yoki ustavda zaxiralarni barpo etish ko‗zda tutiladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin