Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomoni klassifikatsiyasi Aktiv (A)
Uzoq muddatli aktivlar (UMA)
Joriy aktivlar (JA)
Moliyaviy aktivlar (MA)
Moliyaviy uzoq muddatli aktivlar (MUMA)
Moliyaviy joriy aktivlar (MJA)
Moliyaviy
bo‗lmagan
aktivlar
Moliyaviy bo‗lmagan uzoq muddatli aktivlar
(MBUMA)
Moliyaviy bo‗lmagan joriy aktivlar (MBJA)
Passiv (P)
O‗z mablag‗lari manbai (UMM)
Majburiyatlar (M)
Balansdagi ifodalar:
Umumiy ifoda
A = K+M
Balans bo‗limlariga nisbatan
UMA+JA = O‗MM+M
Bo‗limlarning
tarkib
birliklariga nisbatan
MBUMA+MUMA+MBJA+MJA
=
O‗MM+UMM+M
Pul shakliga ko‗ra
PKBA+PKA = DP+M
Uzoq muddatli aktivlar (UMA) bo‗limida asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o‗rnatiladigan uskunalar, kapital
qo‗yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq
muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi.
Joriy aktivlar (JA) bo‗limida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davr
xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari,
pul mablag‗lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‗yilmalar va boshqa joriy aktivlar
summalari oshkor qilinadi.
Xususiy sarmoya (XS), o„z mablag„lari manbai (O„MM) bo‗limida ustav
sarmoyasi, qo‗shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o‗z aksiyalari,
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‗lg‗usi
xarajatlar va to‗lovlar zaxiralari oshkor qilinadi.
Majburiyatlar (M) bo‗limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar
bo‗yicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim.